18-ma’ruza. Mahsulotlarni aralashtirish jihozlarining tuzilishi va ishlatilishi. Aralashtitirish jihozlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
18-маъруза
2. FMM-300 qiyma aralashtirgichi. Mashina (2-rasm, a) dejasining sig’imi 300 l, katta va o’rta quvvatli go’sht kombinatlarida ishlatiladi. U Payvandlangan stanina 1, uning chap tomoniga o’rnatilgan lopastni aylantirish mexanizmi 2, o’ng tomonida esa – dejani ag’darish mexanizmi.
2-rasm. FMM-300 qiyma aralashtirgichi. (umumiy ko’rinish va kinematik sxema): 1-stanina; 2 – parraklarni harakatlantirish mexanizmi; 3-elektrodvigatel; 4 – parraklarni qotirish konuslari; 5-aralashtirgich parraklari; 6-tog’ora (deja) qopqog’i; 7-deja; 8-dejani isitish qobig’i; 9-chervyakli uzatgich; 10-reduktor; 11-elektrodvigatel; 12-so’nggi o’chirgich; 13-tokning umumiy o’chirgichi; 14-elektr qurilma; 15-elektr blokirovka kontakti. Parraklar 5 quvvati 5 kVt, aylanish tezligi esa 735 ayl/min-ga teng elektrodvigateldan 3 iborat. Yetakchi parrak 67 ayl/min, yetaklanuvchisi esa 57 ayl/min tezlik bilan aylanadi. Tezliklarning bu nisbati silindrik uzatuvchi hisobiga erishiladi. Parraklar deja 7 da aylanadi, uning usti qopqoq 6 bilan yopiladi, ostki qismida esa mahsulotni isitish uchun bug’ yoki issiq suv berish uchun qobiq 8 mavjud. Zarurat bo’lganda, Parraklarni osonlikcha chiqarib olish mumkin, buning uchun konus 4 bo’shatiladi va aylantirib chiqariladi. Vallar dejaning yon devoridan o’tgan joylarda salnikli germetiklash vositalari o’rnatilgan. Buning bilan qiymaga podshipnik moyi tushishining oldi olingan. Dejaning 6 qopqog’i elektrodvigatel 3 bilan shunday blokirovkalanganki, parraklar ishlab turganda qopqoq ochilsa, kontakt 15 uziladi va elektr energiyasi berilishi to’xtaydi va dvigatel o’chadi. Dejani ag’darish uchun mexanizm mavjud, u alohida elektrodvigateldan 11 iborat bo’lib, quvvati 1 kVt, aylanish tezligi bo’lsa 1410 ayl/min. Undan harakat chervyakli reduktor 10 va chervyakli juftlik 9 yordamida uzatiladi. Dejaning ag’darilish vaqti 0,5 min, poldan ag’darilgan deja chekkasiga qadar balandlik 585 mm-ni tashkil etadi. Oddiy ishchi holatda esa 1205 mm. Deja ag’darilishini cheklash uchun so’nggi o’chirgich 12 mavjud. U deja eng pastki va eng so’nggi yuqoridagi holatlarni egallaganda ishga tushadi. Magnitli ishga tushirgichlar yordamida yoqilgan elektrodvigatellar ikki tomonga aylanishi mumkin (reversli aylanish). Tokning umumiy o’chirgichi 13 staninaning tashqarisiga o’rnatilgan va elektr ishga tushuruvchi uskuna 14 bilan ulangan. 2 b-rasmda qiyma aralashtirgich kinematik sxemasi keltirilgan.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling