18-Ma’ruza Mavzu: Mobil ta’lim. O`quvchilar uchun onlayn vositalar


Dasturiy ilovalar (dasturiy ta’minot)


Download 84.41 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi84.41 Kb.
#1513602
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18-ma\'ruza

Dasturiy ilovalar (dasturiy ta’minot). Dasturiy ilovalar bu oddiy ilovalardan tortib to multimediali interaktiv elektron mobil darsliklar (2rasm)gacha bо‘lgan dasturiy ilovalarni qamrab oladi.
AQSHning Kaliforniya shtati gubernatori Arnold Shvartsnegger 2009-yil elektron darsliklarga o ‘zgartirishlar kiritishning oson va qulayligi, bu o‘zgartirishlar to‘g‘risida barcha foydalanuvchilarni ogohlantirish qisqa muddatlarda amalga oshirilishi mumkin ekanligini ta’kidlagan holda shtatdagi barcha

2-rasm. Mobil darslik ta’lim muassasalari:

Umumta’lim maktablaridan tortib universitetlargacha elektron darsliklarni kiritish yo‘li orqali, shtat budjetini kamaytirish rejasini taklif etganligi ko’plab rivojlangan davlatlarda mobil darsliklardan foydalanishga bo’lgan talabning ortib borayotganligini ko’rsatadi. Janubiy Koreya maktablarining ba’zilarida oddiy darsliklar o‘rniga o‘quvchilarga mobil qurilmalar (planshetlar) tarqatilib, darsliklar elektron ko‘rinishda taqdim etilgani ham yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir.


Dasturiy ilovalar Internetdan yuklab olingan dasturiy ta’minotning bir qismi bо‘lib, mobil operatsion tizimlarda ishlash uchun mо‘ljallangan. Dasturiy ilovalar oddiy о‘yin formatida yoki biror bir predmetni о‘qitish uchun mо‘ljallangan, masalan turli web dasturlash til (html, javascript, css va h.k)larini о‘rgatuvchi ilovalar ham bо‘lishi mumkin.
Chexiyaning «Corinth» kompaniyasining planshet dasturlarini ishlab chiqish bilan bog’liq qiziqarli tajribasiga nazar tashlasak, dastlab, ular planshet ekranida turli xil interfaol obyektlarni namoyish qilish uchun virtual reallik muhitini ishlatishni taklif qildilar. Hozirda esa Corinth Classroom (http://www.ecorinth.com) orqali geologiya, biologiya va anatomiya fanlariga doir amaliy dasturlarni taqdim etmoqdalar. Ular tomonidan taklif etilayotgan har bir dasturiy ilova bitta fanga mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan onlayn qo’llanmani o’zida aks ettiradi.[12]
Bugungi kunda, web – dasturlash va dizayn sohasida ko’plab shunga o’xshash ilovalar mavjud. Misol sifatida, «HTML Code Play»(3-rasm), «SoloLearn»(4rasm), «Codemurai Learn programming», «Web Master’s HTML Editor Lite», «L2Code HTML», «EPIC HTML(5-rasm)» va h.k.



Download 84.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling