18-Ma’ruza Mavzu: Mobil ta’lim. O`quvchilar uchun onlayn vositalar


Download 84.41 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi84.41 Kb.
#1513602
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18-ma\'ruza

3 -rasm. HTML Code

4 -rasm. SoloLearn mobil

Play mobil ilovasi

ilovasi

Ushbu dasturlarning ba’zilari sizga web – dasturlash bo’yicha nazariy bilimlar berish va uni maxsus muharrir yordamida amaliy jihatdan mustahkamlash imkonini bersa (Masalan, “HTML Code Play”), ba’zilari esa mobil o’yinlarni o’ynash orqali dasturlashni o’rganish(Masalan, “EPIC HTML”)ga yordam beradi.



5-rasm. EPIC HTML mobil o’yini.


Onlayn viktorina, test va sо‘rovnomalar. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Bunda asosan har bir talabaning individual ko`rsatkichlari aniqlanadi.
Pedagoglar noformal kо‘rinishdagi sо‘rovnomalarni ham oldindan о‘tkazib kelishadi. Faqatgina bu sо‘rovnomalarga ta’lim oluvchilar javobni qо‘l kо‘tarib berishardi. Sо‘rovnomalarni raqamli uskunalar yordamida о‘tkazish bu jarayonni samaradorligini oshiradi. О‘qituvchilar ushbu sо‘rovnomalar yordamida ta’lim oluvchilar yoki tinglovchilarning qiziqishlarini aniqlashlari va shu asosda ta’lim yо‘nalishlari va metodlarini о‘zgartirishlari mumkin.
Hozirda onlayn viktorina, test va so’rovnomalarni tashkil etishda turli interaktiv vositalardan foydalanilmoqda. Web-sayt, dasturiy ilovalar yoki ijtimoiy tarmoqlar, bir so’z bilan aytganda mobil texnologiyalar endilikda ularni oson va tez о‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Shunday vositalar sifatida Kahoot, Plickers, Flipquiz, Socrative, Quizalize, Formative, Poll Everywhere, GoSoapBox, The Answer Pad kabilarni sanab o’tishimiz mumkin.
Kahoot bu onlayn viktorina, test va so’rovnomalarni yaratishga mo’ljallangan yangi turdagi dasturiy servis hisoblanadi. O‘qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlangan tezkor savol – javoblar viktorinasi auditoriyadagi ekranda aks ettiriladi. Talabalar esa o‘zlaridagi mavjud Internet tarmog’iga ulangan ixtiyoriy qurilma: telefon, planshet yoki kompyuterlari orqali berilgan savolning javobini tanlaydilar.
Savol javoblardan olingan natijalar auditoriyadagi ekranda aks etadi. Tizim onlayn rejimda ishlaydi. Tezkor savol – javoblar viktorinasida ishtirok etish uchun kahoot dasturining mobil ilovasini ochish yoki brauzer orqali http://kahoot.it manziliga kirib, o’qituvchi kompyuterida taqdim etilgan maxsus PIN-kodni kiritish kerak. Ushbu servisning yana bir xususiyati, talabalarning yakka tartibda yoki jamoaviy bo’lib ishtirok etishlari imkoniyatining mavjudligidir.

Download 84.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling