Возможности технологии plickers


Download 1.74 Mb.
bet1/8
Sana13.11.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1770201
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TAQDIMOT Malika


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti IV bosqich talabasi
Abdurahmanova Malikaning
“BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YASAMA SO‘ZLARDAN FOYDALANISH” mavzusida bajargan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
TAQDIMOTI
MUNDARIJA KIRISH I BOB. SO‘Z YASALISHINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Savodxonlikni oshirish davrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z yasovchi morfemalar haqida tushuncha berish 1.2. Savodxonlikni oshirishda so‘z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati 1.3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yasama so‘zlarni o‘rgatish bosqichlari II BOB. O‘QUVCHILARNING SAVODXONLIGINI OSHIRISH DAVRIDA SO‘Z YASALISH JARAYONINI TASHKIL ETISH 2.1. So‘z yasalish usullari 2.2. So‘z yasalishini o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini o‘stirish
KIRISH
  • Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ona tilini o‘qitishga katta ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi” fikrimiz isbotidir. Ta’lim sohasidagi bu o‘zgarishlar til sohasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko‘pchiligi maktablarda amalga oshirilmoqda, ba’zilari esa hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda.
  • Tarbiya barcha davrlarda murakkab va dolzarb, shuningdek, o‘ylantiruvchi masala bo‘lib kelgan. Keyingi vaqtlarda tarbiya masalasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz qatori oilada, maktab va jamoat tashkilotlarida milliy, umuminsoniy qadriyatlarning, an’analarning ustuvorligiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev farzand tarbiyasi haqida o‘z nutqlarida shunday deydilar: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”­ degan fikrlari barchamizga dasturilamal bo‘lishi zarur. Mazkur vazifani amalga oshirishda, avvalo, ota-onaning o‘rni beqiyos. Ammo farzand tarbiyasida ota-ona bilan birdek mas’ul shaxs bu – o‘qituvchi, ya’ni pedagogdir.


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling