Возможности технологии plickers


Download 1.74 Mb.
bet7/8
Sana13.11.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1770201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TAQDIMOT Malika

Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatishga, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga, ya’ni kompetentsiyaviy ta’limga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham darslikda berilgan mashqlarni ham ijodiy bajartirish maqsadga muvofiqdir. Nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish lingvistik kompetensiyalar yordamida amalga oshiriladi.

Ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish bilan bir qatorda, yozma nutqini adabiy til me’yorlari asosida rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning og‘zaki nutqi yetarli darajada takomillashgandan keyin shu asosda yozma nutqi ham rivojlanib boradi.Shuning uchun ham ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘quv dasturi va o‘quv rejadagi mavzular bo‘yicha mukammal, talab darajasida bilim, ko‘nikma va malakalar zamonaviy va innovatsion yondashuvlardan foydalanish orqali hosil qilinishi zaruriy hisoblanadi.

Fikrimizning dalili sifatida 3- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligining “Maktabim- ikkinchi uyim” bobini ko‘rsatishimiz mumkin.

UMUMIY XULOSALAR

So‘z yasalishi mavzusini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar haqida quyidagicha xulosaga kelish mumkin:

  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ifodali o‘qish mashqlari mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantiruvchi vositalardandir.
  • Bugun axborot-kommunikatsiya tizimi yuksak darajada rivoj topib borayotgan bir jarayonda, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim.
  • Tilshunosligimizda so‘z yasalishi mavzusi yetarlicha tadqiq etilganligiga qaramay, mavjud nazariy adabiyotlarda fikrlar xilma-xilligiga duch kelish mumkin. So‘z yasalishi maktab darsligida alohida bo‘lim sifatida berilmay, har bir so‘z turkumini o‘tish jarayonida shu turkumga xos hodisa sifatida berilgan. Har bir darsda o‘quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari va ularni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantiruvchi mashqlar bilan mustahkamlangan.
  • Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bunga erishida innovastion pedagogik texnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling