18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta`siri


Download 0.61 Mb.
bet11/14
Sana11.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1189581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Iqt. nazar 18-Mavzu

18.4-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta`siri
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni o`z tarkibiga kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin raqobat sharoitidagi W1 dan W2 ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi egri chizig’i SS dan W2aS ga siljiydi. W2 ish haqi darajasida ish beruvchilar bandlik darajasini Q1 dan Q2 ga qadar qisqartiradilar.
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o`zida davlatning ta`sirini ham aks ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo`lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o`lchamlarini aniqlaydi.
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta`minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo`yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to`lovlar, pensiya ta`minoti va boshqalar) katta ta`sir ko`rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo`lgan davlatlarda aholining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga ma`lum bir darajada ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatishi mumkin. Jumladan, bo`sh ish o`rinlarini aniqlash va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo`yicha umummilliy dasturni ishlab chiqish vazifalarini bajarishi mumkin. Ishchilarni o`qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi bozorning o`zgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi.
Mamlakatimizda kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, Keksa avlodni qo`llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas`uliyatini oshirish hamda keksalarni moddiy qo`llab-quvvatlash. maqsadida ularning oldiga bir qator vazifalarni qo`yish ko`zda tutilmoqda.
Jumladan, “Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillarini ma`naviy va moddiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish; 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo`la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlash; 14 ming nafar xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovg’alar topshirish; 55 ming nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish”7. Ushbu bajarilishi lozim bo`lgan ishlarga sarflanadigan xarajatlarga 8000,0 mln. so`m rejalashtirilgan bo`lib, shundan ish beruvchilar mablag’lari – 7000,0 mln.so`m, Kasaba uyushmalari mablag’lari esa – 1000,0 mln.so`mni tashkil etadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling