18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 0.61 Mb.
bet13/14
Sana11.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1189581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Iqt. nazar 18-Mavzu

Asosiy tayanch tushunchalar
Ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib to`lanadigan ish haqidir.
Ishbay ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmiga qarab to`lanadigan ish haqidir.
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo`lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqatidir.
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasidir.
Ishbay-mukofotli haq to`lash tizimi – bajarilgan ish uchun haq to`lashni erishilgan turli natija ko`rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo`shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizimdir.
Ishbay-progressiv haq to`lash tizimi – ishchining belgilab qo`yilgan me`yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo`yicha, me`yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo`yicha ish haqi to`lanishini ko`zda tutuvchi tizimdir.
Tarif tizimi – ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo`yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me`yorlar majmuidir.
Tarif-malaka ma`lumotnomalari – ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta`rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo`yiladigan razryadlar majmuidir.
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo`lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to`lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to`lashning o`zaro nisbatini ko`rsatadi.
Tarif stavkalari – tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega bo`lgan ishchilarning mehnatiga to`lanadigan haq miqdori majmuidir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling