Virusga qarshi dasturlarning xillari. Virusga qarshi dasturlarning quyidagi xillari farqlanadi:
- dastur-faglar (virusga qarshi skanerlar);
- dastur-taftishchilar (CRC-skanerlar);
- dastur-blokirovka qiluvchilar;
- dastur-immunizatorlar.
Web — Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows 9x/HT/2003/XP/7/8 uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faylli, yuklama, va fayl-yuklama viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi.
AVP (Antivirus Kasperskogo Personal) — Rossiyaning virusga qarshi paketi.
Eset Nod32 Antivirus
Symantes Antivirus — Symantes kompaniyasining korporativ foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti to‘plami.
3. Virus dasturlari va uning turlari
Troyan dasturlari foydalanuvchiga zarar keltiruvchi bo‘lib, ular buyruklar (modullar) ketma – ketligidan tashkil topgan, omma orasida juda keng tarkalgan dasturlar (tahrirlovchilar, o‘yinlar, translyatorlar) ichiga o‘rnatilgan bo‘lib, bir qancha hodisalar bajarilishi bilan ishga tushadigan «mantiqiy bomba» deb ataladigan dasturdir. O‘z navbatida, «mantikiy bomba»ning turli ko‘rinishlaridan biri «soat mexanizmli bomba» hisoblanadi.
SHuni takidlab otish kerakki, troyan dasturlari o‘z-o‘zidan ko‘paymasdan, komp`yuter tizimi bo‘yicha dasturlovchilar tomonidan tarqatiladi.
Troyan dasturlardan viruslarning farqi shundaki, viruslar kompyuter tizimlari bo‘ylab tarkatilganda, ular mustaqil ravishda hosil bo‘lib, o‘z ish faoliyatida dasturlarga o‘z matnlarini yozgan holda ularga zarar ko‘rsatadi.
CHuvalchang viruslar (Worms) – CHuvalchang viruslar o‘z nomiga mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan ko‘payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yoki intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatan ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon etkazadi. CHuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo‘li bilan kompyuteringizga o‘rnashi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |