18-mavzu Axborot xavfsizligi va axborotlarni ximoyalash usullari
Download 310.63 Kb.
|
Axborot xavsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NortonAntivirus
Panda Antivirus Firewall
Bu dastur nafaqat antivirus, balki brandmauer hamdir. YA’ni, Panda nafaqat kompyuterning ichini skanerlaydi, balki, agar kompyuter onlayn rejimda Internetga ulangan bo‘lsa, brandmauer tarmoq orqali bo‘layotgan axborot almashinuvlari paketlarini ham nazoratdan o‘tkazib turadi. Dasturning asosiy muloqot oynasi chiroyli fonda, ko‘rinishi yoqimli bo‘lgani bilan, menyu orqali dasturning biror qismiga o‘tish noqulay tarzda ishlangan. Oddiy foydalanuvchi menyu bo‘limlari ichida bemalol «adashib qolishi» mumkin. Pandaning asosiy xususiyatlaridan biri u kompyuterdagi bo‘sh, zararlanish ehtimoli kuchli bo‘lgan dastur yoki qurilmani aniqlab, foydalanuvchiga dasturni yoki qurilma Drayverini yangilash ko‘rsatmasini beradi. Lekin shunday bo‘lsa ham, antiviruslar ichida o‘tkazilgan sinovda Panda Kasperskiy va Dr.Web ga teng kela olmadi. U kiritilgan 7 ta virusdan 6 tasini aniqladi, shulardan 3 tasini yo‘q qildi, qolganini esa nomini o‘zgartirib qo‘ya oldi, xolos. NortonAntivirus Norton Antivirus dasturi «Symantec» kompaniyasining mashhur ishlanmalaridan biri bo‘lib, uning ish faoliyati juda yuqori quvvatli hisoblash tizimlariga asoslangan. Norton Antivirus dasturi foydalanuvchining xatti-harakatlariga juda sekin javob beradi. Bundan tashqari, kompyuterga o‘rnatilayotganida u operatsion tizim va Internet Explorer Internet brauzerining qaysi versiyada ekanligiga qattiq talablar qo‘yadi. Agar mos tushmasa, o‘rnatilmay qoladi. Norton Antivirus dasturi o‘rnatilayotganida virus bazalarini yangilash shart emas, lekin agar baza eskirib qolgan bo‘lsa, u ish jarayonining hamma qismida foydalanuvchiga eslatib turiladi (ba’zan jonga ham tegib ketadi). Bu dasturning «shoshmasligi» uning kompyuterni tekshirish tezligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Kompyuterga yuqtirilgan 7 ta virusning hammasi bu dastur yordamida 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida topildi, yolgon chaqiruvlar bo‘lmadi. NOD32 CHet elda, xususan arb davlatlarida o‘tkaziladigan «Virus Bulletin 100%» xalqaro testda etakchi antivirus hisoblanadi. Lekin u MDH da unchalik ommalashmagan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, faqat mana shu NOD32 antivirus dasturigina birorta ham zararli fayllarni «qo‘yib yubormagan». Biz o‘tkazgan test natijalariga ko‘ra esa, yuqtirilgan 7 ta virusdan 6 tasini 5 daqiqa ichida aniqladi. Oxirgi ettinchi virusga esa, «shubhali» deb tashxis qo‘ydi. Download 310.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling