18-mavzu Axborot xavfsizligi va axborotlarni ximoyalash usullari
Vaqt bombasi viruslari (Time or Logis Bombs)
Download 310.63 Kb.
|
Axborot xavsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUklanuvchi viruslar
- Stels-viruslar
- Antivirus dasturlari
Vaqt bombasi viruslari (Time or Logis Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun kulgi kunida (1aprel) yoki YAngi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlab sizga "sovga” taqdim etishi mumkin
YUklanuvchi viruslar dastur viruslaridan tarkalish usuli bilan fark kiladi. Ular dastur fayllarini emas, balki magnit vositalar (yumshok va kattik disk) ning sistema sohalarini buzadi. Bundan tashkari ular ishlab turgan kompyuter tezkor xotirasida vaktincha saklanib turishi mumkin. Odatda bunday virus bilan zararlanish sistema sohasi yuklanuvchi virus bo‘lgan magnit vosita yordamida kompyuterni yuklashga xarakat kilinganda sodir buladi. Masalan, kompyuterni yumshok diskdan yuklashga xarakat kilinganda yuklanuvchi virus avval tezkor xotiraga o‘tadi, so‘ngra esa qattik diskning yuklanuvchi sektoriga o‘tadi, shundan so‘ng bu kompyuterning o‘zi yuklanuvchi virusni tarkatuvchi vosita bo‘lib xizmat kiladi. Stels-viruslar deb ataladigan ko‘rinmaydigan viruslar ma’lumdir, ularni payqash va zararlantirish juda mushkuldir, chunki ular operatsion tizimni zararlangan fayllarga va disklarning sektorlariga murojaat qilishni ushlab oladilar va o‘zining tanasini o‘rniga diskning zararlanmagan qismlarini qo‘yadi. SHifrlash-qayta shifrlash algoritmlarini o‘z ichiga olgan virus-mutantlarni payqash juda mushkuldir, shu algoritmlar hisobiga bir xil virusning nusxalari bitta ham takrorlanmaydigan baytlar zanjiriga ega emas. Antivirus dasturlari Kasperskiy, aslida, antivirus dastur yartuvchisi, «Kasperskiy laboratoriyasi» kompaniyasi asoschisi, rossiyalik mutaxassisning familiyasi bo‘lib, bugungi kunda zararli dasturlarga, viruslarga qarshi kurashishning ramziy nomi bo‘lib qolgan. Bu antivirus dastur Rossiya va MDH davlatlarida keng tarqalgan. Laboratoriyada nafaqat antivirusning yangi versiyalari ishlab chiqiladi, balki foydalanuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, antivursni takomillashtirish ustida ishlar olib boriladi. Kasperskiy antivirusi sodda va qulay interfeysga ega bo‘lib, barcha kerakli utilitalarni bitta oynada joylagan. Dasturni o‘rnatish ustasi (master ustanovki) yordami bilan hattoki boshlanich foydalanuvchi ham ushbu antivirusni o‘z kompyuteriga oson o‘rnatib olishi mumkin. Boshqa tarafdan esa, foydalaniladigan algoritmlarning kuchliligi hattoki professionallarni ham qoniqtiradi. Antiviruslarning salohiyatini tekshirish uchun maxsus test o‘tkazilganda, Kasperskiy ham qatnashdi. Bunda sinov kompyuterining 512 Mb hajmli xotira qismiga 7 ta zararli dastur– virus yuqtirildi va Kasperskiy antivirusi yordamida o‘sha viruslar qidirildi. 15 daqiqa ichida antivirus 6 ta virusni aniqladi, birorta yolg‘on chaqiruv bo‘lmadi. Dr.Web Bu – Rossiyada ishab chiqilgan yana bir antivirus dastur bo‘lib, u mashhurlikda Kasperskiydan qolishmaydi, unga raqobatchilik qiladi. Uning demo versiyasidan foydalanish uchun albatta Internet orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bu bir tarafdan yaxshi. Sababi, ro‘yxatdan keyin foydalanuvchi viruslar haqidagi eng so‘nggi bazaga ega bo‘ladi. YOmon tarafi shundaki, Dr.Webni o‘rnatish uchun Internetga ulangan bo‘lish lozim bo‘ladi. Boshlanich foydalanuvchilar Dr.Web dan foydalanmoqchi bo‘lasalar, yaxshisi dasturni o‘rnatishni kompyuterning o‘ziga qo‘yib berganlari yaxshi. Aks holda, o‘rnatish davomida foydalanuvchi adashib ketish ehtimoli katta. Dr. Web antivirusining ahamiyatli tomoni shundaki, u kompyuterni skanerlayotganida (tekshirayotganida) kompyuterni bloklab qo‘yadi, foydalanuvchi kutib turishiga to‘g‘ri keladi. YUqorida keltirilgan antivirus dasturlar o‘rtasidagi testda Dr. Web kompyuterga yuqtirilgan 7 ta virusning hammasini topdi, qo‘shimchasiga kompyuterda kechayotgan zararli jarayon haqida ogohlantirish ham berdi. Download 310.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling