Reaksiyaning boshqarib bo‘lmaydigan tez rivojlanishi natijasida quvvat keskin ortib ketadi va portlash natijasida reaktorning buzilishiga olib keluvchi energiya to‘planishi natijasida issiqlik portlashi yuz berishi mumkin. - Reaksiyaning boshqarib bo‘lmaydigan tez rivojlanishi natijasida quvvat keskin ortib ketadi va portlash natijasida reaktorning buzilishiga olib keluvchi energiya to‘planishi natijasida issiqlik portlashi yuz berishi mumkin.
- Radioaktiv zaharlanish zonasidagi xodimlar va aholiga radiatsion ta’sir tashqi va ichki nurlanish dozalari o‘lchamlari bilan xarakterlanadi. Xodimlar va aholini himoya qilishni yaxshi tashkil qilish uchun oldindan radiatsion xavfli obyektlar atrofidagi hududlar zonalashtiriladi va 3 ta zona o‘rnatiladi:
- Tezkor himoya choralari zonasi – radioaktiv bulutning yuzaga kelishi davrida butun tananing nurlanish dozasi yoki ichki organlarning nurlanish dozasi ko‘chirish uchun belgilangan yuqori darajadan ortiq bo‘lgandagi hudud;
- Ogohlantiruvchi himoya choralari zonasi - radioaktiv bulutning yuzaga kelishi davrida butun tananing yoki ichki organlarning nurlanish dozasi yod profilaktikasidan yashirinish uchun belgilangan yuqori darajadan ortib ketgan hudud;
Chegaralangan zona – butun tananing yoki uning ayrim organlarning nurlanish dozasi bir yil davomida oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning quyi chegarasidan ortgan hudud. Zona davlat organlarining qaroriga asosan kiritiladi. - Chegaralangan zona – butun tananing yoki uning ayrim organlarning nurlanish dozasi bir yil davomida oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning quyi chegarasidan ortgan hudud. Zona davlat organlarining qaroriga asosan kiritiladi.
- Ionlanuvchi nurlanish manbaalaridan foydalanish natijasida ruxsat etilgan nurlanish dozasi 1.01.2000 yildan quyidagicha:
- Aholi uchun o‘rtacha yillik doza 0,001 Zv (1m Zv) yoki hayoti davomida effektiv doza (70 yosh ) – 0,07 Zv (70 mZv) ga teng;
- Ishchilar uchun o‘rtacha yillik effektiv doza 0,02 3v (20 mZv) yoki ish faoliyati davomida (50 yil) – 1 Zv (1000 mZv) ga teng.
- Tabiiy radiatsion va texnogen tarzda yuzaga kelgan radiatsion fon va shuningdek aholi tomonidan tibbiy rentgenoradiologik muolaja va davolanishlar paytida oladigan nurlanish dozalari nurlanishning asosiy chegaralarini belgilashda hisobga olinmaydi. Radiatsion avariyalar yuz berganda ma’lum vaqt oralig‘i davomida va bunday vaziyatlar uchun belgilangan chegaralarda belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan nurlanishga yo‘l qo‘yiladi.
- Radioaktiv moddalardan foydalanib, faoliyat ko‘rsatadigan obyektlar radiatsiyaga xavfli obyektlar deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda deyarli dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin elektr ishlab chiqarish bloklari ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |