Meyoriy foydalanishni buzilishi bilan bog‘liq avariyalar loyihadagi, loyihadagidan ko‘p bo‘lgan va loyihadan tashqaridagilarga bo‘linadi. Odatda, loyihadagi avariyalarning sabablari xavfsizlik baryerlarini buzilishi bilan bog‘liq hodisalar bo‘lib hisoblanadi: - Meyoriy foydalanishni buzilishi bilan bog‘liq avariyalar loyihadagi, loyihadagidan ko‘p bo‘lgan va loyihadan tashqaridagilarga bo‘linadi. Odatda, loyihadagi avariyalarning sabablari xavfsizlik baryerlarini buzilishi bilan bog‘liq hodisalar bo‘lib hisoblanadi:
- birinchi turdagi avariyalar – xavfsizlikni birinchi baryerining buzilishi, ya’ni issiqlik almashuvining krizisi yoki mexanik shikastlanishlar natijasida tvel qobiqlari germetikligining buzilishi. Issiqlik almashuvining krizisi – bu tvellarning qizishidir.
- ikkinchi turdagi avariyalar – birinchi va ikkinchi xavfsizlik baryerlarining buzilishi. Issiqlik tashuvchiga radioaktiv mahsulotlar tushishi, natijada birinchi baryer buzilganda, kelgusida ularning tarqalishini korpus reaktorini tashkil qiluvchi ikkinchi baryer tomonidan to‘xtatiladi.
uchinchi turdagi avariyalar – uchala xavfsizlik baryerlari buzilishi. Birinchi va ikkinchi baryerlar buzilganda issiqlik olib o‘tuvchi parchalanishning radioaktiv mahsulotlari bilan atrof muhitga tarqalishidan uchinchi baryer-reaktorning himoya qobig‘i to‘xtatib qoladi. Uchinchi baryer ostida radioaktiv moddalar tarqalib chiqishini lokalizatsiya qilishni yuqori darajada mustahkam ta’minlashning barcha konstruksiyalari,tizimlari va tuzilishlari tushiniladi. - uchinchi turdagi avariyalar – uchala xavfsizlik baryerlari buzilishi. Birinchi va ikkinchi baryerlar buzilganda issiqlik olib o‘tuvchi parchalanishning radioaktiv mahsulotlari bilan atrof muhitga tarqalishidan uchinchi baryer-reaktorning himoya qobig‘i to‘xtatib qoladi. Uchinchi baryer ostida radioaktiv moddalar tarqalib chiqishini lokalizatsiya qilishni yuqori darajada mustahkam ta’minlashning barcha konstruksiyalari,tizimlari va tuzilishlari tushiniladi.
- Shuningdek tvellarni yuklash, tashish va saqlashda kritik massaning yuzaga kelishi yadro avariyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda zanjirli yadro reaksiyasini nazorat va boshqaruvining buzilishi natijasida issiqlik va yadro portlashlari yuz berishi mumkin.
- Issiqlik portlashi tez boshqarib bo‘lmaydigan, reaksiya ta’sirida birdaniga kuch ortib energiya to‘planadi va reaktor buzilib portlashish natijasida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |