18-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


-chizma. Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi


Download 216.46 Kb.
bet14/15
Sana15.01.2023
Hajmi216.46 Kb.
#1094484
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
18-MAVZU

9-chizma. Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi.
Demak, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning qaysi kesmasida ro‘y berishidan kelib chiqqan holda narx darajasiga turlicha ta’sir ko‘rsatar ekan. YAlpi talabning kamayishi ham turli kesmalarda turlicha kechadi. Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to‘liq bandlik darajasida bo‘lganligi sababli, uning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu erda shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarishi vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Bu murakkablik shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. SHu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilni xrapovik samarasi deb ataydilar (xrapovik - bu g‘ildirakni faqat oldinga harakat qilishga majbur etuvchi mexanizm). Xrapovik samarasi shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko‘tariladi, lekin juda qiyinchilik bilan, sekin pasayadi. SHu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning tushishini kutish mumkin emas (10-chizma).
P AS

P2 e c
a b
P1 AD2
AD1
0 Q3 Q1 Q2 Q
10-chizma. Xrapovik samarasi.
CHizmadan ko‘rinadiki, yalpi talab AD1 dan AD2ga oshganda, muvozanat holati a dan s ga ko‘chadi, ishlab chiqarish hajmi Q1dan Q2ga ko‘payib, narx ham P1dan P2 darajaga qadar o‘sadi. Biroq, yalpi talab o‘zining dastlabki holatiga qaytsa, endi narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi e holatiga ko‘chib, ishlab chiqarish hajmi o‘zining dastlabki Q1 darajasidan ham pasayib, Q2 darajasiga qadar tushib ketadi.
SHu o‘rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, degan savolga aniq javob berish qiyin bo‘lsada, uning ayrim sabablarini ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. CHunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo‘yicha ishlab, shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi. SHuningdek, tadbirkorlarning o‘zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHu bilan birga ancha past ish haqi mahsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishlari mumkin.
Ikkinchidan, juda ko‘pchilik korxonalar etarli darajada monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo‘lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi.
O‘zbekistonda 2004 yildagi yalpi talab va yalpi taklifning o‘lchamlari quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflangan (mlrd. so‘m hisobida):1



YAlpi taklif ko‘rsatkichlari

Miqdori, mlrd. so‘m

YAlpi talab ko‘rsatkichlari

Miqdori, mlrd. so‘m

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi

5924,1

Uy xo‘jaliklari iste’mol sarflari

5874,6

Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi

4558,9

YAlpi xususiy ichki investitsiya sarflari

1498,0

Davlat sarflari*

369,4

Sof eksport

1037,0


Download 216.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling