18.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA QABUL QILINGAN QONUN VA ME’YORIY HUJJATLAR TIZIMI.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 31-iyulda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash (bundan buyon matnda seysmik xavfsizlikni ta’minlash deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
vizual tekshiruv — tayanch konstruksiyalardagi, qoplamalar va devorlardagi yoriqlar hamda shikastlanishlarni aniqlash uchun binolar va inshootlarning texnik holatini ko‘zdan kechirish;
zilzila — yer qobig‘ining yoki yer ustki qatlamining to‘satdan ro‘y bergan siljishi, yemirilishi yoki o‘pirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan to‘lqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari;
zilzilabardoshlik — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini ta’minlaydigan binolar va inshootlarning zilzila ta’siriga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichlari;
zilzila oqibatlarini bartaraf etish — sodir bo‘lgan zilziladan keyin amalga oshiriladigan va inson hayotini saqlab qolishga, zararni hamda moddiy yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan tezkor avariya-qutqaruv ishlari majmui;
Do'stlaringiz bilan baham: |