18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi


-modda. Zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlash


Download 426.9 Kb.
bet7/14
Sana10.03.2023
Hajmi426.9 Kb.
#1256576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
18.Мустакил таълим

13-modda. Zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlash
O‘zbekiston Respublikasi hududida kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimolini prognoz qilish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik kuzatuvlar tarmog‘i respublika hududida kompleks prognostik kuzatuvlarni, ma’lumotlarni to‘plash va uzatishni, ularning dastlabki tahlilini amalga oshiradi.
Seysmik kuzatuvlar tarmog‘i milliy va xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalardan iboratdir.
Seysmik va prognostik stansiyalarda doimo kuzatuvlar olib boriladi, olingan natijalar esa O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining ma’lumotlar bazasida jamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi seysmik, geofizik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boradi, shuningdek zilzilalar darakchilariga doir prognoz ma’lumotlarining tahlilini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Fanlar akademiyasining idoralararo ekspert komissiyasi kuzatilayotgan va yuz berishi mumkin bo‘lgan seysmik vaziyat to‘g‘risidagi xulosalarni muntazam ravishda (har haftada va har oyda) tegishli davlat organlariga yuboradi.
14-modda. Binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini tekshirish hamda monitoring qilish
Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalari talablariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II — IV toifadagi obyektlar har besh yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Vizual tekshiruvlar instrumental-texnik tekshiruv o‘tkazilishini talab etadigan hollarda binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvi o‘tkaziladi hamda ularning elektron texnik pasporti yangilanadi.
Seysmik faol zonalarda joylashgan III-IV toifadagi obyektlar har o‘n yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III-IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda ular zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o‘tkaziladi.
IV toifadagi obyektlarga taalluqli bo‘lgan suv omborlari to‘g‘onlarida va gidroelektrostansiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta o‘tkaziladi.
Suv omborlari to‘g‘onlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir bo‘lgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda o‘tkaziladi.
Binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir vizual hamda instrumental-texnik tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi tegishli hududiy nazorat inspeksiyalari, qurilish sohasidagi loyihalash tashkilotlari va maxsus litsenziyalangan tashkilotlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan hududlardagi barcha turdagi binolar va inshootlardan mutaxassislar tomonidan zilzilabardoshlikka doir vizual yoki instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Binolar va inshootlar seysmik jihatdan zaifligining doimiy monitoringi elektron texnik pasportlar asosida amalga oshiriladi hamda ushbu monitoring natijasida olingan axborot tasarrufida binolar va inshootlar bo‘lgan davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga topshiriladi.
O‘z tasarrufida binolar va inshootlar bo‘lgan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan axborot olinganidan keyin olti oy davomida seysmik jihatdan zaif deb topilgan binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvi o‘tkazilishini ta’minlashi hamda tekshiruv natijalariga doir xulosalar asosida ularni mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.

Download 426.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling