18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari


Download 426.9 Kb.
bet4/14
Sana10.03.2023
Hajmi426.9 Kb.
#1256576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
18.Мустакил таълим

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini tashkil etadi, tasdiqlaydi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilm-fan rivojlanishini, ushbu sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlaydi;
davlat organlarining va ilmiy muassasalarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
seysmik jihatdan hududlashtirishning har xil masshtabli xaritalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi;
seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha xulosalar berish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar monitoringini doimiy ravishda olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida, transchegaraviy hududlarda, shuningdek tabiiy va texnogen xavf yuqori bo‘lgan hududlarda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni tashkil etadi;
kuchli zilzilalar yuz berishi xavfi paydo bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etishga doir zarur choralar ko‘radi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
seysmik xatarni va kuchli zilzilalar oqibatlarini baholashga doir ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
seysmoprognostik monitoring amalga oshirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
aholini va davlat organlarini kuchli zilzilalar to‘g‘risida tezkor xabardor qiladi;
kuchli zilzilalar, ular tomonidan keltirib chiqarilgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha turdagi resurslar zaxiralari shakllantirilishini muvofiqlashtiradi;
zilzilalar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
zilzilalar vaqtida aholini tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash maqsadida seysmik faol zonalarda muntazam ravishda seminar va treninglar o‘tkazadi;
yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatlarining bartaraf etilishini hamda bunday vaziyatlarda davlat tizimi kuchlari va vositalarining shayligini ta’minlaydi;
avariya-qutqaruv kuchlarining, maxsus texnikaning va maxsus tuzilmalarning zilzilalar epitsentrida tezkor-qutqaruv ishlarini amalga oshirishga doir doimiy shayligini ta’minlaydi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida qutqaruv ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
aholini zilzilalar vaqtida o‘zini tutish qoidalari bilan tanishtiradi, ularga tayyorgarlik ko‘rishga doir tegishli uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilishi va tarqatilishini ta’minlaydi;
seysmik faol zonalarda joylashgan suv omborlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni o‘z vakolatlari doirasida olib boradi;
tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etadi;
kuchli zilzila sodir bo‘lgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘lgan epitsentral guruhning kuchli zilzila epitsentrida shikastlangan binolar hamda inshootlarning yaroqliligini baholashga doir faoliyatini tashkil etadi hamda uning doimiy shayligini ta’minlaydi;
binolar va inshootlar holatining monitoringini elektron texnik pasportlar asosida amalga oshiradi hamda seysmik jihatdan zaifligi yuqori bo‘lgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 426.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling