18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi


-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi majburiyatlari


Download 426.9 Kb.
bet10/14
Sana10.03.2023
Hajmi426.9 Kb.
#1256576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
18.Мустакил таълим

21-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan jismoniy shaxslar:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
o‘z hayotini qutqarish, sog‘lig‘ini va mol-mulkini saqlash uchun zilzilalarga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rishi;
zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularning oqibatlarini bartaraf etish jarayonida o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirayotgan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar:
o‘z xodimlarini zilzila vaqtidagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri himoyalanishga va harakat qilishga o‘rgatishi;
joylarda ogohlantirish tizimlarini tashkil etishi va doimiy tayyor holatda tutishi hamda ehtimoli bo‘lgan seysmik xavflar haqida xodimlarga darhol xabar berishi;
o‘z tasarrufida bo‘lgan obyektlarning barqaror ishlashini ta’minlash shartlariga rioya etishi hamda zilzila vaqtida seysmik xavfning darajasiga muvofiq xodimlarning hayot faoliyatini ta’minlashi;
zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlar obyektlarida avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishda ko‘maklashishi;
evakuatsiya tadbirlarini belgilangan tartibda o‘tkazishi hamda tashkilotlar hududida aholi va xodimlarni joylashtirish uchun bazalarni oldindan tayyorlashni amalga oshirishi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi shart.
Jismoniy va yuridik shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
22-modda. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligi va ularning oqibatlari to‘g‘risida chegaradosh davlatlarni xabardor qilish;
zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish doirasida davlatlararo hamkorlik;
nizolarni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq hal etish.

Download 426.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling