18-rasm. Jismoniy tarbiya vazifalari
talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil
Download 361.87 Kb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-БТПИваИ 2021-61-68 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- , matbuot materiallari, prezidentning ta’lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz.
- Pedagogika tarixini o’rganish
talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil
bo’lganligini ochib beradi, ilg’or qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi. Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O’zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir. Biz pedagogika tarixi fanini o’rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo’lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy – ma’naviy me’rosi, xalq og’zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o’quv qullanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar , matbuot materiallari, prezidentning ta’lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz. Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va SHarq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim – tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol g’oyasi haqidagi nazariyalari hisoblanadi. Pedagogika tarixini o’rganish o’qituvchilarining faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. SHuningdek, o’tmishning ta’lim – tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o’rganadi, bu esa uning kundalik pedagoglik faoliyatida yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Bu borada yaratilgan tarixiy, falsafiy, adabiyotshunoslikka oid asarlardan ham ijodiy foydalanishga harakat qildik. Xullas, ushbu qo’llanmaning yaratilishida faylasuf, sharqshunos, tarixchi, filolog olimlardan B.Ahmedov, A.Ahmedov, A.Abdullayev, V.V.Bartold, YE.E.Bertels, A.Bahoutdinov, I.S.Braginskiy, B.G’.G’afurov, V.Zoxidov, I.Mo’minov, O.Fayzullayev, SH.SHomuxammedov, A.Qayumov, Y.Jumaboyev, A.Irisov, M.Orifiy, M.Hayrullayev, S.Rajabov va boshqalarning ishlari qo’llanma va yo’llanma vazifasini o’tadi. 2-reja. Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar. O‘zbek xalqining ajdodlari bir necha o‘n, yuz ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganlar. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash va keyincha- lik xo‘jalik yuritish, madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrlar tarixi ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘l- ganligidan dalolat beradi. Ajdodlarimizning qadimiy madaniyati tarkibida ta’lim-tarbiyaga oid meros ham alohida o‘rin tutadi. Zero, hozirgi turkiy va forsiy zabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchi, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asar- larning namunalari buning yorqin dalilidir. Ma’lumki, kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlangan, takomillashgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar va eng oddiy mehnat amallarining takomilla- shib borishi inson ongining muntazam shakllanib borishiga turtki bo‘lgan. Bu jarayon bir necha ming yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijti- moiy talablar paydo bo‘lgan. Ushbu qoida va talablar muayyan davrlarda yara- tilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eng qa- dimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularning oddiy istaklari, orzu- umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar va qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Animizm, totemizm, sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy aj- dodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojla- rini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyat- ni yo‘lga qo‘yish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qi- lishga zamin tayyorlagan Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik ta’lim-tarbiya inson faoliyatining asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakl- lantirishning muhim omiliga aylangan. Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, bu davrda urug‘ning barcha a’zolari ja- moa bo‘lib harakat qilganlar. Keyinchalik kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlarini hisobga olib, quyidagi uch guruh asosida tash- kil etganlar. 1) bolalar va o‘smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to‘liq ishtirok etuvchilar; 3) keksalar. Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikma- larini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda kechgan: o‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarganlar; qizlar esa ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o‘zlashtirgan. Hech qayerda yozil- magan odat va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribaga ega bo‘lganlar. Bola ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng maxsus sinovlar- dan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo‘lga kiritgan. Ushbu an’ana, ya’ni bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshi- rish to shu kungacha saqlanib qolgan. Jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti davomida bolalarga dalalarni o‘l- chash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlar berish ehtiyojlari yuzaga kelgan. Bu ehti- yojlarni qondirish borasida hatti-harakatlar tashkil etilishi tufayli tur- li Download 361.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling