19- amaliy mashg’ulot. Mavzu: Sovuq urganda,kuyishda (pardan,kislotadan,ishqordan) ko’rsatiladigan birinchi yordam. Muzlab qolganda yordam ko‘rsatish


HUSHSIZLIKDA, ISSIQLIK VA QUYoSh NURIDAN JAROHATLANIShDA YORDAM KO‘RSATISh


Download 294 Kb.
bet4/4
Sana16.03.2023
Hajmi294 Kb.
#1272788
1   2   3   4
Bog'liq
19-Amaliy mashg\'ulot(1)

HUSHSIZLIKDA, ISSIQLIK VA QUYoSh NURIDAN JAROHATLANIShDA YORDAM KO‘RSATISh
Behushlik — bu to‘satdan, miyadan qonning ketib qolishi sababli qisqa vaqtga (bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha) hushni yo‘qotishdir. Odatda, behush bo‘lishdan oldin bosh aylanadi, ko‘z-oldi qorong‘ulashadi, qulog‘i shang‘illaydi, ayrim hollarda ko‘ngil aynaidi va qayt etadi. Behushlik qattiq qo‘rquv, kuchli og‘riq, qon ketishi, tananing yotgan holatdan tikka holatga keskin o‘tishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Behushlikda jabrlanuvchi qattiq terlaydi, qo‘l-oyoqlari muzlaydi, pulsi tez-tez uradi va uning ovozi sekin chiqadi, nafas olishi sirtqi bo‘ladi, teri qatlamlari oqaradi.
Yordam ko‘rsatganda jabrlanuvchini boshi tanasidan pastroq turadigan qilib chalqancha yotqizish, nafas olishda siquvchi kiyimining tugmalarini echish, toza havo kelishini ta’minlash, yuziga sovuq suv sepish, nashatir spirtiga ho‘llangan paxtani hidlatish, yuziga shapatilab urish lozim. Behush holatdagi jabrlanuvchi qayt qilishi mumkin, shuning uchun uning boshini yon tomonga burib qo‘yish kerak. Uning boshiga muz va ho‘llangan latta qo‘yish kerak emas. Jabrlanuvchi hushidan ketishidan oldingi holatida unga sovuq suv yoki issiq choy berish lozim.
Issiqlik va quyosh nuridan jarohatlanish organizmning qattiq isib ketishi va buning oqibatida miyaga qon quyilishi sababli sodir bo‘ladi. Bu organizmdagi issiqlik balansi buzilib, tashqaridan keladigan issiqlik va organizmda hosil bo‘ladigan issiqlikning chiqishi qandaydir sabablarga ko‘ra qiyinlashganda yuz beradi. Atrof-muhitning ko‘tarilgan harorati, uning o‘ta namligi, suv o‘tkazmaydigan (rezinalashtirilgan, brezent) kiyimlar organizmga issiqlikni salbiy ta’sir etishiga sabab bo‘ladi. Og‘ir jismoniy ish, mastlik, kam uxlashlik, suv ichish va ovqatlanish rejimining buzilishi ham issiqlikni ta’sirida organizmning qizib ketishiga sabab bo‘ladi.
Issiqlik ta’sirida jarohatlanganda odamning ahvoli yomonlashadi, o‘zi bo‘shashadi, kuchli qizish seziladi, teri qizaradi, kuchli ter chiqishi (ter tomchi-tomchi bo‘lib oqadi), yurakning urishi tezlashadi, nafas siqadi, pulsi tezlashadi, chakada og‘irlik seziladi, bosh aylanadi, bosh og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, gohida qayt etishi mumkin. Tananing harorati 38 — 40°S gacha ko‘tariladi. Pulsning tezligi bir daqiqada 100 — 120 urishgacha yetadi.
Issiq urishi issiqlikni organizmda o‘ta to‘planishi (tananing harorati 41-42o,S va undan yuqori) hususiyatiga ega bo‘lib, insonning ongi xiralashadi va hatto hushidan ketishi mumkin, turli guruh mushaklarining uvishib qolishi, nafas olish va qon aylanishining buzilishi ro‘y beradi. Gallyutsinatsiyalar, alahsirash paydo bo‘lishi mumkin. Teri qurib va qizib ketadi, til ham quruq bo‘lib, pulsi ipsimon va notekis uradi.
Agar issiq urganda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, odam o‘lib qolishi mumkin. Nafas olish va qon aylanish tizimlarining buzilishi o‘limga olib kelishi mumkin.
Oftob urishi odam boshiga hech narsa kiymay uzoq vaqt davomida bevosita quyosh nurlari ostida bo‘lganida sodir bo‘ladi. Oftob urishining alomatlari xuddi issiq urishi alomatlari bilan bir xil bo‘ladi.
Issiq yoki oftob urganida quyidagicha yordam ko‘rsatiladi: jabrlanuvchini zudlik bilan salqin joyga olib o‘tish; boshini tagiga buklangan kiyimdan yasalgan yastiqchani qo‘yib chalqancha yotqizish; kiyimlarini tugmasini echib bo‘shatish yoki kiyimlarini echish; boshi va ko‘kragini sovuq suv bilan xo‘llash; boshiga (peshonasi, boshini tepasi, gardaniga) hamda qon tomirlar ko‘p o‘tgan joylari: butiga, o‘mrov suyagi ostiga, qo‘ltig‘ining tagiga, va tizza ostiga sovuq suvga ho‘llangan latta yoki muz qo‘yish lozim.
Agar odam hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unga achchiq sovuq choy yoki sovuq tuzli suv ichirish kerak. Jabrlanuvchining nafas olishi qiyinlashgan bo‘lsa va pulsi aniqlanmasa, reanimatsion chora-tadbirlarning barchasini; sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni bajarish kerak.


rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida simni yog‘och bilan olib tashlash yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish.
kata kuchlanishli elektr uskunalarida jabrlanuvchini quruq kiyimidan tortib tok ta’siridan ozod qilish.
Jabrlanuvchini 1000 V. gacha kuchlanishli tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish.
kata kuchlanishli elektr uskunalarida simlarni uzish yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish.


kata kuchlanishli elektr uskunalarida izolatsiyalaydigan shtanga yordamida simlarni chetga olish yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish qiyish va tegishli kuchlanishga mo‘ljallangan shtanga yoki izolatsiyalangan omburlardan foydalanish lozim (6-rasm).
Tutashuv tokining yerga yoyilishi zonasida to‘g‘ri harakatlanish:a — tok o‘tkazuvchi qismning yerga tutashuv nuqtasidan uzoqlashish;b — poyafzal izlari.
Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling