19- amaliy mashg’ulot. Mavzu: Sovuq urganda,kuyishda (pardan,kislotadan,ishqordan) ko’rsatiladigan birinchi yordam. Muzlab qolganda yordam ko‘rsatish


Download 294 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi294 Kb.
#1272788
  1   2   3   4
Bog'liq
19-Amaliy mashg\'ulot(1)


19- Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Sovuq urganda,kuyishda (pardan,kislotadan,ishqordan)
ko’rsatiladigan birinchi yordam.


MUZLAB QOLGANDA YORDAM KO‘RSATISh
Past haroratning ta’siri ostida to‘qimalarning shikastlanishi muzlab qolish deb ataladi.
Past haroratning ta’siri ostida to‘qimalar halok bo‘lmay, ulardagi hayotiy jarayonlar sustlashadi. To‘qimalarning harorati pastlashgan sari, ularning hayotiy faoliyatini belgilovchi, almashinuv jarayonlari shunchalik sustlashadi (19°S haroratda almashinuv jarayonlari deyarli butunlay to‘xtab qoladi, 10°S haroratda esa qon oqimi to‘xtaydi). Almashinuv jarayonlarining sustlashishi to‘qimalarning hayotiy ehtiyojlarini kamaytiradi, lekin ularning shikastlanishiga olib kelmaydi.
Muzlab qolgan to‘qimalar bir maromda isitilmasa, ular halok bo‘ladi.
Muzlab qolishning sabablari turlicha bo‘ladi, va tegishli sharoitlarda (uzoq vaqt davomida sovuqning ta’siri, shamol, oshgan namlik, siqadigan yoki ho‘l poyafzal, harakatsiz holat, jabrlanuvchining yaxshi bo‘lmagan umumiy holati — kasallik, darmonsizlik, mastlik, qon yo‘qotish va h.) hatto 3 — 7°S haroratda ham muzlab qolish mumkin. Dastavval barmoqlar, panjalar, oyoq yuzlari, quloqlar va burun muzlashga moyil bo‘ladi.
Yordam ko‘rsatayotganda eng muhimi — tananing muzlab qolgan joylarining birdaniga tez isishiga yo‘l qo‘ymaslik, chunki iliq havo, iliq suv, issiq jismlar va hatto qo‘llarning tegishi to‘qimalarni nobud qilishi mumkin. Jabrlanuvchini isitilgan xonaga olib kirishdan oldin tanasining muzlagan joylarini (ko‘pincha qo‘llari yoki oyoqlari), ularning ustiga issiq o‘tkazmaydigan (paxta-bintli, jun va boshqa) bog‘lamlar qo‘yib issiqning ta’siridan muhofaza qilish zarur. Bog‘lam, terining rangi o‘zgarmagan joylariga tegmay, faqat terisi aniq oqargan joylarni yopib turishi lozim. Aks holda tananing qon aylanish buzilmagan joylaridagi issiq bog‘lam ostida muzlagan joylarga tarqala boshlaydi va ularni sirtidan boshlab isishiga olib keladi, bu esa sirtdagi to‘qimalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Issiqni o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yilganidan so‘ng qo‘l — oyoqlarning muzlagan barmoqlarini harakatlanmasligini ta’minlash zarur, chunki ulardagi tomirlar mo‘rt bo‘lib qoladi va qon oqimi yura boshlaganidan keyin qon talashib qolishi mumkin.
Buning uchun shinalardan, hamda qo‘l ostidagi istalgan narsalardan: qalin karton, faner, taxtacha bo‘laklaridan foydalanish mumkin. Oyoq yuzasi uchun ikkita taxtachadan foydalanish lozim: bittasi boldirdan songacha bo‘lgan uzunlikdagi, ikkinchisi — oyoq yuzasining uzunligi bo‘yicha. Ular 90° burchak ostida mahkamlab qo‘yilishi kerak.
Tananing muzlagan joylaridagi bog‘lam u yerda qizish his etilmaguncha va ularning sezish qobiliyati tiklanmaguncha turishi lozim.
Organizmdagi issiqlikni o‘rnini to‘ldirish va qon aylanishini yaxshilash uchun jabrlanuvchiga issiq shirin choy ichirib turish zarur.
Organizm to‘liq muzlashi oqibatida inson hushini yo‘qotganida shifokordan oldin yordam ko‘rsatishning asosiy qoidasi issiq xonaga olib kirishdan avval jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlariga issiq o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yishdan iboratdir. Agar jabrlanuvchining enidagi poyafzal yaxlab qolgan bo‘lsa, uni echish emas, balki oyoqlarini po‘stin, palto yoki qo‘l ostidagi boshqa narsa bilan o‘rab qo‘yish kerak. Jabrlanuvchini, issiq o‘tkazmaydigan bog‘lamlarini echmasdan, zudlik bilan eng yaqin davolash muassasasiga yetkazish lozim.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling