19-asr oʻrtalarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida „ikki
Download 18.8 Kb.
|
AQSh javoblar
19-asr oʻrtalarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar partiyasi galmagal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1861–65-yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident A. Linkoln boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; 19-asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903-yilda Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib kelishning yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi davri (1914– 18)da Amerika Qoʻshma Shtatlari avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917-yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929–33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933-yil 17 mln. ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida F. Ruzvelt (1933– 45-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenta) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl Amerika Qoʻshma Shtatlarini inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941-yilda Yaponiya Amerikaning PyorlXarbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin Amerika Qoʻshma Shtatlari Ikkinchi jahon urushiga qoʻshildi va Gitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943-yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi. Amerika Qoʻshma Shtatlari ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943-yil Texron, 1945-yil Qrim, 1945-yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944-yil 6 iyunda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945-yil avgustda G. Trumen (1945–53-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenta) buyrugʻi bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950-53-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari Koreya urushida qatnashdi, 1956–75-yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945-yildan Amerika Qoʻshma Shtatlari – BMT, shuningdek Amerika davlatlari tashkiloti, NATO aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 12 fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami – Mustaqillik kuni – 4 iyul (1776). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Tahrirlash Respublikachilar partiyasi, 1854-yilda tuzilgan; Demokratik partiya, 1828-yilda tuzilgan; Kommunistik partiya, 1919-yilda tuzilgan; Amerika Mehnat Federatsiyasi – ishlab chiqarish kasaba uyushmalari Kongressi, 1955-yil tashkil etilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida salkam 40 mustaqil kasaba uyushmalari ham bor, ularga 4,5 mln. ishchi va xizmatchi aʼzo boʻlib kirgan. Xoʻjaligi Amerika Qoʻshma Shtatlari – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi Amerika Qoʻshma Shtatlari ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, 1994–96-yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham Amerika Qoʻshma Shtatlari birinchi oʻrinda turibdi. Sanoati 1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun “Yangi yoʻnalish” doirasidagi yana bir muhim tadbir boʻldi .Bu qonun sanoatning davlat tomonidan joriy qildi. Birinchi jahon urushi natijasida Amerika Qoʻshma Shtatlari Dunyodagi etakchi davlatga aylanadi. Amerika kompaniyalari evropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol –yaroq va oziq ovqat etkazib berdi. Koʻplab evropa mamlakatlari Amerika Qoʻshma Shtatlaridan urush olib borish uchun kredid oldilar va urushdan soʻng Amerika Qoʻshma Shtatlari oldida qarzdor boʻlib qoldilar amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollar foyda ko'rishdi. 1933-yil 12 mayda fermerlarga yordam haqidagi qonnnnnnun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga boʻlgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzorlar maydonini va chorva turini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kredit berdi. Norentabel fermalar tugatildi. “Yangi yoʻnalish” Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonnunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirildi. 1935-yili Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi “Vagner qonuni ” ni qabul qildi.Mazkur qonun boʻyicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega boʻlishdi.Kasaba uyushmalari huquqlarining va ish tashlash huquqining tan olinganligi ishchilar sinfining oʻz saflari birligi uchun kurashiga yangi turtki berdi. Kasaba uyushmalari soni koʻpayib ketaboshladi. Tan olingan markaz – Amerika mehnat federatsiyasi bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti – Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari komiteti paydo boʻldi. Bu tashkilot 1938-yilda Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari kongressi deb nomlandi. Ruzvelt Prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq boʻlib qoldi. Yangi maʼmuriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi – 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bbilan diplomatic munosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi. 1935 va 1937-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi.Ruzvelt 1937-yil 5 oktabr kuni Chikagoda soʻzlagan nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939-yil 26 iyul kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga Amerika Qoʻshma Shtatlaridan qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi. Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“ poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari – Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi – mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) Amerika Qoʻshma Shtatlari shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari – Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari – goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki. Qishloq xoʻjaligi Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy daromadining 8 % dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi. Yirik fermalar yetakchi rol oʻynaydi. Umuman qishloq xoʻjaligi sermahsul va sertovar boʻlib, muayyan hududlar ayrim mahsulot turlariga ixtisoslashgan va markazlashgan. Mamlakatda 2 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi bor, bir fermer xoʻjaligi oʻrta hisobda 190 ga yerda dehqonchilik qiladi. Mehnatga yaroqdi aholining 2,5 % qishloq xoʻjaligida band. Amerika Qoʻshma Shtatlarida asosan makkajoʻxori, soya, paxta, tamaki, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va boshqa ekiladi. Bugʻdoyzorlar („bugʻdoy mintaqasi“) Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida (asosan Kanzas va Shimoliy Dakota shtatlari), makkajoʻxori („makkajoʻxori mintaqasi“) Buyuk koʻllarning janubiy va gʻarbida (Ayova, Illinoys shtatlari) ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi hamda Texas, Arizona va Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi daryosi etaklarida va Gavayi orollarida, tamaki Shimoliy Karolina, Virginiya va Kentukki shtatlarida yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va polizchilik Kaliforniya, Floridada, Atlantika okeani va Buyuk koʻllar sohillarida koʻproq. Keng choʻllar va „makkajoʻxori mintaqasi“ shtatlarida goʻshtbop chorvachilik, shimoli-sharqda va Kaliforniyada sut chorvachiligi rivojlangan. Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning koʻp qismi qayta ishlanib, pishloq va sariyogʻ ishlab chiqariladi. Qoʻychilik asosan qurgʻoqchil togʻli shtatlarda rivojlangan. Goʻshtbop joʻja (broyler), tovuq, kurka yetishtirishga katta ahamiyat beriladi. Tuxum koʻproq janubi-sharqiy shtatlardagi yirik parrandachilik fab-rikalarida yetishtiriladi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida 102 mln. bosh qoramol, 51 mln. bosh choʻchqa, 10 mln. bosh qoʻy bor. Baliq ovlash rivojlangan. Hamma turdagi yogʻoch tayyorlanadi. Download 18.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling