19 II bob. Vegetativ ko’payish va uning turlari


Qalamchalar yordamida ko‘paytirish


Download 496.22 Kb.
bet9/9
Sana16.06.2023
Hajmi496.22 Kb.
#1495910
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mahluba

2. Qalamchalar yordamida ko‘paytirish. Ona o‘simlikdan qirqib olingan, vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiluvchi o‘simlikning bir qismiga qalamcha deyiladi. Ildiz, poya va barg qalamchalaru ajratiladi. Qalamchalar ko‘pincha o‘simlikning novdalaridan tayyorlanadi. Tok, terak, tol va anorlar novda qalamchasi; olcha, atirgul, siren tou-sag‘iz, qrim-sag‘izlar ildizlari bilan; begoniyaning ayrim turlari, binafsha va gloksiniyalar esa bargi orqali ko‘payadi. Qalamchalar uzunligi o’simlik turiga qarab turlicha (8-25-45 sm)bo’ladi
3. Tuplarni bo‘lish bilan ko’paytirish. Ko‘p yillik manzarali o‘simliklar (floks, navro‘zgul, binafsha, otquloq, ravoch) hamda buta (namatak, maymunjon) larning tuplangan novdalari kovlab olinib ildizi bilan bo‘lib o‘tkaziladi.



3-rasm. Payvandlash usullari:
A - ablaktirovka (yaqinlashtirib bog’lash); B - kopulirovka (qalamcha payvand); C - okulirovka (kurtak payvand); 1-payvandust; 2-payvandtag.
4. Payvandlash. Payvandlash (transplantatsiya) deb, bir o’simlik kurtagining yoki qalamchasining boshqa bir o‘simlikka o’tkazish bilan qo‘shilib o‘sib ketishiga aytiladi. Payvandlash usuli kishilik jamiyati rivoji va dehqonchilik tarixi bilan bog’liq. Antik davr tabiatshunoslari Aristotel, Teofrast, Platon, Pliniy va ularning shogirdlari payvandlashning turli usullarini yozib qoldirganlar. O‘tqaziladigan o‘simlik (kurtak yoki qalamcha) payvandust, payvandlanadigan o‘simlik payvandtag deb ataladi. Payvandlash usuli bilan asosan qo‘shimcha ildiz chiqarishi qiyin bo‘lgan mevali daraxt, rezavor va manzarali o‘simliklar ko‘paytiriladi (3-rasm).
Payvandlashda albatta o’simliklarni foydali xususiyatlari e’tiborga olinadi. Payvandlash yo’li bilan o’simlikka bir necha payvandustlar o’tkazish ham mumkin. Avvalo, payvandlanadigan o’simliklar o’zaro yaqin turlar navlari o’rtasida o’tqaziladi. Payvandlashning muvaffaqiyatli chiqishi payvandtag va payvandustlarning po’stlog’i ostidagi kambiy to’qimasining bir-biriga yaqinlashtirib joylashtirishga bo’gliq. Payvandlash juda tez va toza holda olib borilishi kerak. Namlik va harorat etarli darajada bo’lishi kerak. Payvand qilingan joy rafiy deb atalgan material yoki polietilen lenta bilan bog’lab quyiladi.
Payvandlash muddati yil davomida o’tkazilishi mumkin. Lekin qulay vaqt bu bahor faslidir. Kurtak payvand yozning o’rtalarida olib boriladi.
Payvandlashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib hamma usullari ham o‘simlikning navini yaxshilash va undan yuqori hosil olishga qaratilgan. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir:
1. Kurtaklar yordamida payvandlash (okulirovka). Bunda kurtak payvandtagning po’stlog’i ostiga o’tkaziladi. Odatda kurtaklar bir yillik novdalardan tayyorlanadi. Kurtak po’stlog’i bilan birga kesib olinadi. Payvandtagga kurtakni joylashdan oldin uning yoshi kattaroq shoxlaridan biri tanlanib, uni maxsus pichoq bilan T shaklida po’stloq qirqiladi. Unga kurtak joylanib bog’lanadi. Payvandlashni 10 kundan keyin tekshirib ko’riladi. Kurtak payvand yozning o’rtalarida (iyul oyining oxirlari va avgustning boshlarida) o’tkaziladi.
2. Qalamchalar yordamida payvandlash (kopulirovka). Qalamchalar bilan payvandlashning yuzdan ortiq usullari ma’lum.
3. Yaqinlashtirish yordamida payvandlash (ablaktirovka). Bunda yonma-yon ikki daraxt shoxlari yaqinlashtirilib, ularning birikkan joylari kesiladi, bir-birlariga mustahkam biriktirib quyiladi.
O'simlikshunoslikda qalamchalar, parxish va payvandlash orqali ko'paytirish keng qo'llaniladi. Ammo ulardan eng ko'p qo'llaniladigani qalamchalar orqali ko'paytirishdir. Mana shu tufayli mevali daraxtlarning xilma-xil navlari mavjud. Ayrim hollarda ushbu navlarning bir-biridan morfologik farqlanishi turlarga nisbatan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Qalamchalar orqali ko'paytirishda, qalamchalarning o'simlikning qaysi qismidan olinishiga ham etibor berish lozim. Masalan, qalamcha o'simlikning meva tugadigan novdasidan olinsa ushbu novdadan ko'karib chiqqan o'simlik gullashi mumkin va ularning mevaga kirishi o'simlikning yuvenil qismidan ko'paytirilgan o'simliklarga nisbatan anchagina vaqtli boshlanadi.
Qalamchalarning ko'karishi bir qancha muhit omillariga bog'liq. Ammo yosh o'simliklardan olingan qalamchalarning qari o'simliklardan olinganlarga nisbatan tuproqda yaxshi ko'karib ketishi ya’ni tutishi ehtimoli anchagina yuqori. Vegetativ rivojlanishi sekinlashgan novdalardan olingan qalamchalarning ham ko'karib-tutib ketishi ehtimoli yuqori. Chunki, ularda endogen auksin gormonining miqdori ancha yuqori bo'ladi. Tol va teraklarning ko'pchilik turlari qalamchalardan yaxshi ko'paygani holda, ayrim turlariniki qiyinroq kechadi. Buni qalamchaning ildiz olishini tezlashtiruvchi auksin gormoni hosilalari bilan ishlash tufayli bartaraf etish mumkin. Ayrim hollarda ildiz olishi qiyin qalamchalar, qalamchalardan yaxshi ko'payuvchi o'simlik tanasiga iskana payvand qilinadi. Bunda payvanddo'st payvandtag ildizlari faoliyati tufayli yaxshi rivojlanib ketadi, ammo o'zining barcha xususiyatlarini saqlab qoladi.
Payvandtag va payvandustning bir-biriga birikib ketishi kesilgan joydagi hujayralarning bo'sh oraliqni to'lg'azishi uchun jadal bo'linishi tufayli bo'ladi. Ayniqsa kambiy, po'stloq, o’tkazuvchi tutamlar to'qimalari hujayralari juda jadal bo'linadi. Payvandtag va payvanddo'st oralig'i hujayralarga to'lganidan so'ng ular bir-biri bilan plazmodesmalar orqali birikib ketadi. Keyinchalik payvandtag va payvanddo'st O’tkazuvchi tizimlarini birlashtiruvchi differentsiallashgan hujayralar hosil bo'ladi.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo'jaligi amaliyotida kerakli xususiyatga ega o'simliklarni olish uchun to'qima kulturalaridan keng foydalanilmoqda. Bitta hujayradan, to'qimalar hujayralar guruhi yoki hujayralar suspenziyasidan o'ta toza sharoitda qimmatbaho o'simliklarning klonini olish uchun butun o'simlik o'stiriladi. Ushbu usulda qishloq xo'jaligi uchun o'ta zararli bo'lgan viruslarsiz o'simliklar ham yetishtirish mumkin. Masalan, kartoshka, sabzi, qand lavlagi, yog'ochlik o'simliklar shular jumlasidandir. Protoplastlarni bir-biriga qo'shish orqali turlararo gibridlar olish mumkin. Shuningdek ushbu usul virussiz o'simliklar zahira-bankini yaratishda ham keng qo'llaniladi.
Xulosa
Yuqorida aytib o'tilganidek, o'simliklar vegetativ ravishda ham sun'iy, ham tabiiy ravishda ko'payadi. Tabiiy vegetativ ko'payishning eng keng tarqalgan usullari yetuk o'simlikning ixtisoslashgan tuzilmalaridan yangi o'simlik rivojlanishini o'z ichiga oladi. Vegetativ ko’payish xozirgi kunda urug’idan yaxshi unib chiqmaydigan o’simliklarni ko’paytirish uchun qulay jarayon hisoblanadi. Vegetativ ko’payish bog’dorchilikda hamda qishloq xo’jaligida hozirgi kunda muhum ahamiyat kasb etadi. Dunyo aholisi ko’payib borayotgan bir payti o’simliklarni yangi oziqbop navlarni yaratishda ko’payishni bu usulidan kengroq foydalanish zarur. Bu kurs ishida vegetativ ko’payishni turlari va ularni ahamiyati yaxshiroq yoritilgan. Bu usulni yaxshiroq o’rganish hamda uni amaliyotga tadbiq etish kur ishimni asosiy maqsadi desa bo’ladi. Bu usullarni zamonaviy davrda qo’llash samarali natija beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1 Mustafaev S. Botanika. «O’qituvchi», 2002 . 2. Velikanov L.I. va bosh. Tuban o‘simliklar. Moskva, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschadan qisqartirilgan tarjima). 3. Kurs nizshix rasteniy. Pod red. Gorlenko M.V., M, «Vыsshaya shkola», 1981.
Download 496.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling