19 II bob. Vegetativ ko’payish va uning turlari


Tuganaklar yordamida ko‘payish


Download 496.22 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi496.22 Kb.
#1495910
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mahluba

2. Tuganaklar yordamida ko‘payish. Bunday ko‘payishni madaniy ekinlardan kartoshka, topinambur, kartoshkagul kabi o‘simliklarda uchratamiz. Tabiiy sharoitda esa siklamen, burmaqora, salomalaykum va boshqalar shu yo’l bilan ko’payadilar. Salomalaykumning bir tupi 100 tagacha tugunak hosil qiladi. Tugunak ko'rinishi o'zgargan poya bo'lib yer osti uchki qismining yo'g'onlashuvidan iboratdir. Unda asosan barglarda sintezlangan kraxmal yig'iladi. Tugunakning bo'g'im oraliqlari qisqa bo'ladi. Uning kurtaklari chuqurchada joylashganligi uchun ko'zchalar ham deyiladi. Ushbu kurtaklarning meristemalari chuqur tinim holatida bo'ladi. Bu kurtaklarning chuqur tinchlik holatida bo'lishligi ularning to'qimalarida va ko'zcha hujayralarida ABK gormoni miqdorining yuqori bo'lishi, ko'zchalarda ingibitorlik xususiyatga ega bo'lgan fenol birikmalarining yani skopolitenning ko'p bo'lishi tinchlik holatiga sabab bo'ladi. Chunki ushbu fiziologik faol birikmalar RNK va oqsil sintezini to'xtatadi hamda membranalarning holatiga ta’sir qiladi. Ko'zchalarning tinchlik holatidan chiqishi davrida esa fenol tabiatli ingibitorlar va ABK gormonining miqdori 10-100 marta kamayib erkin gibberellinning miqdori ortib ketadi. Kartoshka tugunaklarini ekzogen gibberellin bilan ishlash orqali yangi kartoshka tugunaklarini ham ekish va undan bir yilda ikki marotaba hosil olish mumkin.

3. Piyozbosh bilan ko‘payish asosan cho‘l, chalacho‘l, shuningdek, tog‘ o‘simliklari orasida ko‘proq uchraydi. Ko‘p yillik piyozboshli o‘simliklar (lola, chuchmoma) mayda yosh piyozboshchalarni hosil qilib, katta maydonlarni qamrab oladi. Madaniy o’simliklardan piyoz, lola, sarimsoq, nargiz, giatsint, ilongul kabilar piyozchalari bilan ko‘paytiriladi. Tabiatda ham lolalar, boychechak, za’faron, chuchmomalarni uchratamiz. Ayrim o‘simliklar barg qo‘ltig‘ida yoki to‘pgullarida piyozchalar hosil qiladi. Shu piyozchalar to‘kilsa, undan yangi o‘simliklar hosil bo‘ladi. Bunday ko‘payishni ayniqsa, sarimsoqda ko‘rish mumkin.Ma’lumki piyozbosh olti qismdan yani piyoz tubi, yon ildizlar, quruq tangachasimon barg, suvli tangachasimon barg, yon kurtak va uchki kurtaklardan iborat. Ularning tinchlik holati ABK gormonining yuqori miqdori tufayli saqlab turiladi. Piyozboshning ko'karishi oldidan ABK gormonining miqdori kamayib, sitokinin, auksin va gibberellin gormonlarining miqdorlari ortadi.
2.2. Jingalaklar, palaklar yoki gajaklar bilan ko’payishi

Download 496.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling