19-ma’ruza. Avtomatikaning funksional elementlari


Gazorazryadli axborotni aks etish vositalari


Download 0.69 Mb.
bet2/8
Sana14.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1460805
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19-ma’ruza. AVTOMATIKANING FUNKSIONAL

Gazorazryadli axborotni aks etish vositalari. Gazorazryadli axborotni aks etish vositalar ham juda keng tarqalgan. Bu lampalar arzon bo‘lib kichik inersionlikka ega. Bu indikatorlarning ish prinsipi quyidagicha: anod tok shaklida bajarilgan, katod esa har hil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. Tanlangan katod va anodga kuchlanish ulansa katodni formasini takrorlovchi miltillanma razryad hosil bo‘ladi
Suyuq kristalli axborotni aks etish vositalari. Suyuq kristalli axbarotni aks etish vositalari rang indikatori bo‘lib xonadagi normal yorug‘ligda ishlayveradi. Bu indikatorlar eng past energiya manbalaridan ishlab perspektiv hisoblanadi. Ushbu indikatorning ish prinsipi suyuq kristallarni o‘tayotgan nurlarni sindirishga hamda elektrik maydon ta‘sirida xira bo‘lishiga asoslangan.
Konstruktiv nuqtai nazaridan oraliq masofasi 10-20 mkm ikkita oynani orasiga suyuq kristallar moddasi bilan to‘ldirilgan. Oynalarga esa elektr o‘tkazuvchan material sepilgan. Demak oynalar elektrod vazifasini bajarishadi. Xar biri esa 7 yoki 8 sektordan iborat.
Topshirish va taqqoslash elementlari. Bundan oldingi bo‘limlarda turli tipdagi va har hil ishlarga mo‘ljallangan datchiklar ko‘rib chiqildi. Shunda bu datchiklar rostlanuvchi miqdorni o‘lchash uchun, qaysi ob‘ektda ishlatilishidan qat‘iy nazar alohida olib ko‘rildi.
Shuni qayd qilish kerakki, yuqorida bayon etilgan datchiklar va turli elektrik o‘zgartkichlarning hillari juda ko‘p, jumladan elektrolitik, magnitostriksion, elektrokinetik, polyarografik va boshqa o‘zgartkichlar ko‘rib chiqilmadi. Bo’lar maxsus adabiyotlarda yoritilgan.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ARS larda nazorat qilinayotgan kattaliklarni topshirilgan satxda; yoki kattaliklarni topshirilgan funksiya bo‘yicha o‘zgartirish yoki kirish signali o‘zgarilishi bilan boshqarish signallarini hosil qilish uchun tizimlardan topshirish va taqqoslash vositalari keng qo‘llanadi.
Topshirish vositasi (zadatchik) - boshqarilayotgan kattalikni topshirilgan belgiga o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
Topshiruvchi qurilmalar beradigan signalining xarakteriga qarab ikki asosiy sinfga: analogli va raqamli qurilmalarga bo‘linadi. Analogli qurilmalar o‘z navbat-ida, uzluksiz va diskret topshiruvchi qurilmalarga ajraladi. Diskretlik vaqt bo‘yicha xam, ishlab chiqiladigan signalning qiymati bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin. Raqamli topshiruvchi qurilmalar diskretli signallar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, topshiruvchi qurilmalar ishlab chiqiladigan signallar ener-giyasining turiga qarab ham farqlanadi. Elektrik, pnevmatik, gidravlik va mexani-kaviy (kuchishlar yoki kuch tarzida) signallar ishlab chiqaruvchi topshiruvchi qurilmalar ishlatilmoqda.
Rostlagich tomonidan realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan programma yoki topshirilgan funksional bog‘lanish turlicha olinishi mumkin. Masalan, uzluksiz ish-laydigan topshiruvchi qurilmalarda ko‘pincha qulachoqli mexanizmlar (bikr va rostlanuvchi), funksional potensiometrlar, qog‘ozga yozilgan diagramma va richagli mexanizmlar ishlatiladi. Diskret ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda pro-gramma elitgich sifatida ko‘p zanjirli almashlab ulagichlar, perfokartalar, magnitli plyonkalar, kino plyonkalar va hokazolar ishlatilmoqda.Barcha tipdagi topshiruvchi qurilmalarni ko‘rib chiqish qiyin. Misol tariqasida qator elektrik programma tashigichlarini va funksional bog‘lanishlarni ko‘rib chiqamiz. 2-rasmda turli funksional o‘zgartkichlar ko‘rsatilgan. Avtomatik sistemalarning elementlarini to‘g‘ri ishlatish uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi. Elementlarning parametrlari ularning eskirishi va yeyilishi natijasida ham nomi-naldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar ish-latishning boshlang‘ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni bajaruvchi muxim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavvodan chiqarilishidan oldin "sun‘iy eskirtiriladi". Xar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach eskirish tezlashadi va u xaqiqiy holati qandayligidan qat‘y nazar, almashtirilishi lozim.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling