19-Maruza; O‘rish apparatlari, turlari va asosiy parametrlari. Motovilo. Vazifasi, turlari, tuzilishi, sozlanishi, kinematikasi


- rasm.Segment-barmoqli o‘rish apparatlari


Download 1.27 Mb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1470762
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-maruza.

222- rasm.Segment-barmoqli o‘rish apparatlari:
a baland o‘radigan; b— past o‘radigan; do‘rta balandlikda o‘radigan; 1 segmentlar dastasi;2 segment; 3 — barmoq.


O‘rta balandlikda o‘radigan o‘rish apparatining (222- d rasm) tavsifi quyidagicha: t= kt0 = S.
bu yerda, S = 76,2 mm yoki 101,6 тт. кproporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, 1,2 <к< 1,4.
O‘rish apparatining bu turdagi hamma segmentlari yuqoridagilarga o‘xshab, poyalarni bir vaqtda kesishni boshlamaydi. Natijada, o‘rish apparatining harakat yuritmasidagi qarshilikning o‘zgarishi bir tekisroq bo‘ladi. Murakkabligi tufayli apparatning bu turidan kamroq foydalaniladi.
O‘rish apparatini rostlash.O‘simlik poyasini kam quvvat sarflab sifatli kesish uchun o‘rish apparati tegishli ravishda rostlanadi. Segmentning 25-30 mkm qalinlikdagi tig’i 19-25° burchak ostida charxlanadi.O‘simlik poyasini segment va barmoq tig’lari orasidan sirpanib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun segment tig’larida kertiklar hosil qilinadi. O‘simlik poyasi segment va barmoq tig’lari orasida ,,chaynalib“ qolmasdan, yaxshi qirqilishi uchun ular orasidagi tirqish 0,5-1 mm dan oshmasligi kerak. Bunday tirqishni sozlash uchun qisgich 5 ning holati o‘zgartiriladi (223- rasm).Shu maqsadda bolg’a bilan qisgichlarga yengil uriladi yoki qisgich ostiga qo‘yiladigan qistirmalar soni o‘zgartiriladi. Singan segmentlarni almashtirganda shatun 3 uzunligini o‘zgartirib, pichoqning chetki qo‘zg’almas nuqtadagi holatida segment va barmoqlarning simmetriya o‘qlari bir-birining ustiga tushishi rostlanadi. Agar apparatni Shumaxer yuritmasi harakatlantirsa bunday holat avtomatik ravishda ta’minlanadi.
O‘rish apparatini kerakli o‘rish balandligiga o‘rnatish uchun o‘rgich korpusi dala yuzasiga nisbatan zarur balandlikda o‘rnatiladi.O‘rgichning dala yuzasiga nisbatan balandligini o‘zgartirish uchun gidrosilindr 12, muvozanatlovchi prujina 10 va aynan dala yuzida sirpanib, uning notekisligiga moslanib yuruvchi tayanch boshmog’i 2 dan iborat bo‘lgan sozlovchi mexanizm xizmat qiladi (218- rasm). O‘rish balandligi 100—240 mm bo‘lib, bu ekinning bo‘yi va dala relyefiga ko‘ra o‘rgich korpusini dala yuzasiga moslab parallel olib yuruvchi boshmoq 2 ning balandligini o‘zgartirish hisobiga erishiladi. O‘rish apparati o‘rgich kengligi bo‘ylab bir xil balandlikda o‘rishni ta’minlashi uchun o‘rgich korpusi yer yuzasiga parallel sirpanib ko‘chadigan qilib o‘rnatiladi.Bunga esa muvozanatlovchi prujinaning tarangligini o‘zgartirish bilan erishiladi. Dala relyefiga moslanib, unga parallel sirpanib yurish uchun o‘rgich boshmog’ining


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling