19-Maruza; O‘rish apparatlari, turlari va asosiy parametrlari. Motovilo. Vazifasi, turlari, tuzilishi, sozlanishi, kinematikasi


-rasm.Ikki segmentli o‘rish apparati


Download 1.27 Mb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1470762
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-maruza.

221-rasm.Ikki segmentli o‘rish apparati:
1-ustki segment; 2 — pastki segment; t— ustki segmentlar orasidagi masofa (qadam);


Ikki segmentli o‘rish apparatlarida faqat pastki segmenti yoki ham pastki, ham ustki segmentlari qo‘zg’aluvchan (bir-biriga qarama- qarshi harakatlanadi) bo‘lishi mumkin (221-rasm). Ikkala segment harakatlanganda har bir segment o‘radigan maydon, bir segmenti harakatlanadigan apparat o‘radigan maydonga nisbatan ikki marta kam bo‘ladi. Bu holda segmentga bo‘lgan qarshilik kuchining miqdori kamayadi.Shu sababli bunday apparatlar o‘rnatilgan o‘rgichlarni yuqori tezlikda ham ishlatish mumkin.
Segment-barmoqli apparat turlari.Segment-barmoqli o‘rish apparatlari quyidagi geometrik va kinematik parametrlar bilan tavsiflanadi: segmentlar orasidagi masofa (qadam)t, barmoqlar orasidagi masofa t0, segmentning qatnash yo‘li S (segment bir chetdan ikkinchi chetga siljigandagi bosgan yo‘li). Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga bog’liq holda:

  • segmenti bir qatnashda bir joydagi ekinni o‘radigan baland o‘ruvchi apparat (222- a rasm) tavsifi quyidagicha ifodalanadi:



t=t0= S


G’alla, texnik ekinlar va o‘tlarni o‘radigan mashina yoki o‘rgichlarda S=76,2 mm (3 duym); makkajo‘xori, kungaboqar va boshqa yo‘g’on poyali ekinlarni o‘radigan o‘rgichlar uchun S=90 mm.

  • Segmenti bir qatnashda ikki joydagi ekinni o‘radigan baland o‘ruvchi apparat tavsifi quyidagicha ifodalanadi:



2t = 2t0 = S


bu yerda, S = 152,4 mm yoki 101,6 mm bo‘ladi.
Baland o‘radigan o‘rish apparatining tuzilishi sodda, quvvatni kam sarflaydi, ishga chidamli, ammo o‘rish balandligi katta bo‘lgani uchun poyaning ko‘p qismi qolib ketadi. Bunday apparat bilan ozuqa o‘tlarni o‘rish maqsadga muvofiq emas.Shuning uchun ham baland o‘ruvchi apparatlar, asosan, don ekinlarini o‘rishda ishlatiladigan o‘rgichlarga o‘rnatiladi.
Past o‘radigan apparatning (222- b rasm) tavsifi quyidagicha ifodalanadi:
t= 2t0 = S


bu yerda, S =76,2 mm yoki 101,6 mm bo‘ladi.
Ozuqa ekinlarini yig’ib olishga mo‘ljallangan o‘rish mashinalariga (kosilkalar) o‘rilmasdan qoladigan ang’iz balandligini kamaytirish maqsadida past o‘radigan o‘rish apparatlari o‘rnatiladi.




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling