19-Maruza; O‘rish apparatlari, turlari va asosiy parametrlari. Motovilo. Vazifasi, turlari, tuzilishi, sozlanishi, kinematikasi


-rasm. Segment barmoqli o‘rish apparatining ko‘ndalang kesimi


Download 1.27 Mb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1470762
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-maruza.

223-rasm. Segment barmoqli o‘rish apparatining ko‘ndalang kesimi:
1 — segment; 2 segmentlar dastasi 3barmoq;4barmoqning o‘rnatma tig’i; 5 —qisqich.

224-rasm.O‘rish apparatining harakat yuritmasi:
a — aksial; b dezaksial; d obkashli krivoship- shatunli mexanizm; 1 — val;2— krivoship; 3 — shatun; 4 — segmentlar (pichoq); 5—obkash; 6— ulash zvenosi


yerga bo‘lgan bosim kuchi 250—300 N dan oshmasligi kerak.
Nam va toshloq dalalarda ishlaganda o‘rgichning dala relyefiga moslanishi qiyinlashadi, chunki tayanch boshmoqlari tuproqqa botib yoki toshlar ustiga ko‘tarilib qolishi mumkin. Bunday holda boshmoqlar olinadi yoki korpus tubiga tirab qo‘yiladi, o‘rish balandligi esa gidrosilindr 12 yordamida boshqariladi.
O‘rish apparatining harakat yuritmasi.Ish jarayonida o‘rish apparatining yuritish mexanizmi segmentni ilgarilanma-qaytarma harakatini amalga oshiradi.Shu maqsadda fazoviy krivoship- shatunli, planetar, ba’zan esa yassi mexanizmlar ishlatiladi. 208- rasmda aksial, dezaksial va obkashli krivoship-shatunli mexanizm chizmasi keltirilgan.
Aksial va dezaksial krivoship-shatunli mexanizm (224- a,brasm) val 1, krivoship 2 va shatun 3 lardan tashkil topgan. Aksial mexanizmda pichoq va krivoship vali O yerga nisbatan bir xil hsa balandlikda o‘rnatiladi. Dala sharoitida ishlayotganda krivoship yer yuzasidagi kesaklarga tegmasligi uchun yerga nisbatan transport tirqishi hta qoldirilishi kerak. Aksial mexanizmda poyalarni o‘rish balandligining minimal miqdori hsa transport tirqishidan katta, ya’ni hsa> htabo‘ladi. Dezaksial mexanizmda O nuqtasi S ga nisbatan hd masofa (dezaksial) yuqoriroq o‘rnatiladi. Bu mexanizmda htdvapsd bir-biridan kam farq qiladi.
224- a va b rasmdagi sxemalardan ko‘rinib turibdiki, krivoshiplari bir xil hta = htd balandlikda o‘rnatilsa ham dezaksial mexanizmi aksialga nisbatan sezilarli darajada pastroq o‘rish imkonini beradi, ya’ni hsd< hsa bo‘ladi. Dezaksial mexanizmining bu xususiyati, ayniqsa, yem-xashak o‘rishda katta ahamiyatga ega.Shu sababli pichan o‘rgichlarda aksial mexanizm deyarli ishlatilmaydi.
Dezaksial mexanizmda valО shatun AB ni pichoqlar dastasi bilan birlashtiradigan В nuqtasiga nisbatan yon tomonga surilganligi sababli shatun katta uzunlikka ega bo‘lib qoladi. Mashinani qo‘pol qilib qo‘yadi.Shuning uchun o‘rilmagan bug’doy poyalarini shikastlantirmaslik uchun kombaynlarda obkashli krivoship-shatun mexanizmi ishlatiladi. Obkashli krivoship-shatun mexanizmi (224- d rasm) shatun 3 ning segmentga beradigan ilgarilanma-qaytarma harakatini obkash 5va zveno 6 orqali o‘zgartiradi. Yuritish mexanizmining u yoki bu turidan foydalanish, o‘rgichning tuzilishi va uzatmani qay darajada qulayroq joylashtirishga bog’liqdir.
8-§.O‘rish apparati ishining asosiy parametrlari


Segment-barmoqli apparatlar ishi quyidagi ikki ko‘rsatkich bilan tavsiflanadi:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling