19-Maruza. Termodinamikaning birinchi asosi. Ayrim sodda termodinamik jarayonlarni ifodalashda termodinamikaning birinchi asosining qoʹllanilishi. Reja


Download 397.77 Kb.
bet10/10
Sana03.11.2023
Hajmi397.77 Kb.
#1742655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8d3369c4c086f236fabf61d614a32818

) ,
b) (14)
Avval aytib o‘tilganidek, issiqlik sig‘imi jarayon turiga bog‘liq. Ideal gazning xossalarini analiz qilishda doimiy hajmdagi СV va doimiy bosimdagi issiqlik sig‘imlari kiritilgan edi. Izotermik jarayondagi issiqlik sig‘imi ±∞ qiymatlarni qabul qiladi. Bu masalani yaxshilab analiz qilish shuni ko‘rsatadiki, ixtiyoriy sistema issiqlik sig‘imi jarayonga bog‘liq holda nol orqali o‘tib, +∞ dan —∞ gacha qiymatlarni qabul qiladi. Nol issiqlik sig‘imi adiabatik o‘zgarishlar yuz berayotgan barcha jismlar uchun taaluqlidir. Haqiqatda, ΔQ=0 da (adiabatiklik sharti):
С = ΔQ/ ΔT = 0
IDEAL GAZDA POLITROPIK JARAYONLAR
Politropik jarayonlar – bu sistema issiqlik sig‘imi doimiy qolgan jarayondir. Bunday jarayonlarning xususiy holi, ma’lumki, avval o‘rganilgan izojarayonlardir. Ideal gazlar uchun politropa tenglamasini keltirib chiqarish adiabata tenglamasini keltirib chiqarish kabidir. Politropik jarayonlar uchun dQ=СdT bo‘lib, bu yerda issiqlik sig‘imi С=const. Ideal gazlar uchun termodinamikaning birinchi qonunini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
CdT=CvdT+pdV (1)
Holat tenglamasini differensial shaklda qo‘llaymiz:
Vdp+pdV=RdT (2)
Yozilgan tenglamadan dT ni qisqartirib:
(3)
ni topamiz, bu yerda СPV+R.
Hosil qilingan tenglamaga quyidagi kattalik kiradi:
(4)
va unga politropa ko‘rsatgichi deyiladi. (3) tenglama С=соnst (n=соnst) shartida
d (ln рVn)=0 ko‘rinishga keladi va bundan
рVn=соnst (5)
ekanligi kelib chiqadi.
(5) ni (4) ni qo‘llagan holda qayta yozamiz:
(6)
Avval o‘rganilgan jarayonlar (6) tenglama bilan ifodalanuvchi politropik jarayonlarning xususiy holi ekanligini ko‘rsatamiz. Shunday, С=СР bo‘lganida izobara uchun tenglama hosil bo‘ladi: р=const. С=±∞ bo‘lganida (6) tenglama izotermalar oilasini ifoda etadi: рV=соnst. Adiabatik jarayonlar nolinchi issiqlik sig‘imiga mos keladi: С=0 (n=Ср/СV). (6) tenglamadan izoxorik jarayon tenglamasini C-Cp/C-CV darajadan ildiz chiqarib hosil qilish mumkin:

Bu tenglamaga muvogiq, С=СV bo‘lganda V=соnst bo‘ladi.
Umumiy holda manfiy issiqlik sig‘imli jarayonlar bo‘lishi mumkin:
C=dQ/dT<0.
Bunday jarayonlarda issiqlik yutilishi temperaturaning pasayishi bilan kuzatiladi. Bunday jarayonlarning bo‘lishi mumkinligi termodinamikaning birinchi qonuni bilan oson tushuntiriladi: dQ=CvdT+pdV. Haqiqatda, agar dQ>0 va dV>0 bo‘lsa yutilayotgan issiqlik рdV ishdan kichik bo‘ladi, u holda dT<0 va С=dQ/dT<0. Boshqacha aytganda, manfiy issiqlik sig‘imli jarayonlarda jism issiqlikning kelishi va uning ichki energiyasining kamayishi hisobiga ish bajaradi.

P va V koordinatalar sistemasida manfiy issiqlik sig‘imli politropik o‘zgarishlar egri chizig‘i kesishuvchi izoterma va adiabata orasida joylashgan (7-rasm). 1 nuqtadan b nuqtaga o‘tishda jarayonni ifodalovchi egri chiziq adiabatadan yuqorida yotadi, bunday o‘tishlarda issiqlik yutiladi (dQ>0). Biroq ko‘rilayotgan soha izotermadan pastda yotganligi uchun jarayon


7-rasm

temperaturaning pasayishi bilan boradi:
dT<0 va С=dQ/dT<0.

Glosariy


Heat

Issiqlik

Temperaturalar farqi tufayli bir jismdan ikkinchisiga enegiya uzatish

First law of thermodynamics

Termodinamikaning birinchi qonuni

Jismga berilgan issiqlik miqdori uning ichkienregiyasini o’zgarishi bilan ish bajarishga sarflanadi

Closed system

YOpiq sistema

Massasi doimiy sistema

Closed system

Ochiq sistema

Massasi oshishi yoki kamayishi mumkin bo’lgan sistema

Isolated

Izolyatsiyalangan

Sistema chegaralari orqali energiya xech qanday shaklda uzatilmaydigan yopiq sistema

Thermodynamic processes

Termodinamik jarayon

Sistemani bir xolatdan ikkinchisiga o’tkazishi mumkin bo’lgan jarayon

Isothermal process

Izotermik jarayon

Temperatra o’zgarmas bo’lgandagi jarayon

Heat reservoir

Issiqlik rezervuari

Tashqi jism bilan issiqlik almashinuvida temperaturasi deyarli o’zgarmaydigan massasi juda katta izolyatsiyalangan jism,

Isobaric process

Izobarik jarayon

Bosimi doimiy bo’lgan jarayon

Isovolumetric (or isochoric)

Izovolumetrik yoki izoxorik jarayon

Xajm o’zgarmas bo’lgandagi jarayon

Adiabatic process

Adiabatik jarayon

Tashqi muhit bilan issiqlik almashmasdan bo’ladigan jarayon



Download 397.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling