19 mavzu: Lazerli texnologik qurilmalar Reja


Download 182.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi182.66 Kb.
#1119046
1   2   3   4   5
Bog'liq
19 мавзу

n
- E
m
) / h bu yerda, h=6,62*10
-34
J s - Plank doimiysi, 
Yuqoriroq energetik sathlarga o‘tishda zarrachalar xuddi shunaqa chastotali 
EMT ni yutadi. Har qanday chastotali EMT, jumladan, yorug‘lik energiyasi hv ga 
teng bo‘lgan quvvatlar yoki fotonlar - alohida energiyaning porsiyalari oqimidan 
tashkil topgan bo‘ladi. Shunday qilib, formula fotonlarning mikrozarrachalar bilan 
o‘zaro ta’sirlanishida energiyaning saqlanish qonunini ifodalab. bu qonunga 
muvofiq nurlangan yoki yutilgan foton energiyasi zarracha energiyasining 
o‘zgarishi orqali aniqlanadi. Mikrozarrachalar holatlari oralig‘dagi o‘tish faqat v
nm
rezonans chastotali fotonlar bilan o‘zaro ta’sir natijasida, ya’ni v
nm
=E
n
-E
m
bo‘gandagina sodir bo‘ladi. 
Atomning bir energetik sathdan boshqasiga o‘tishi o‘z-o‘zicha va 


induksiyalangan (majburiy) bo‘lishi mumkin. Atomning o‘z- o‘zicha o‘tishi faqat 
bir yo‘nalishda - yuqori sathlardan quyi sathlarga sodir bo‘lishi mumkin. Bunday 
holda atom hv energiyali va ixtiyoriy yo‘nalishdagi impuls vektoriga ega fotonni 
nurlantiradi. 
An’anaviy 
yorug‘lik 
manbalari 
(qizigan) 
jismlar, 
gaz 
zayradsizlanishlar plazmalari o‘z-o‘zicha nurlanadigan yorug‘likni hosil qiladi. 
Induksiyalangan o‘tishlar nurlanish atomining ta’siriga asoslangan bo‘lib, ham 
katta energiyali, ham kichik energiyali sathlarga teng ehtimollikka ega. Yuqori 
sathga o‘tishda atom qaysi foton ta’sirida bu o‘tishni sodir qilsa, bunga qo‘shimcha 
ravishda fotonni nurlantiradi. Bu xususiyat shundan iboratki, qo‘shimcha
induksiyalangan nurlanish majburiy nurlanish bilan qat’iy ravishda kogenerentdir 
va bir xil kattalikdagi energiya kvantiga ega (elektronning o‘tib ketayotgan foton 
elektr maydoni orqali «rezonansli tebranishi»ga o‘xshash hodisa sodir bo‘ladi). 
Natijada atomga tushayotgan nurlanish to‘lqinining chastotasi, yo‘nalish tezligi, 
fazasi va qutblanishi o‘zgarmagan holda, amplitudasi kuchayib ketadi, ya’ni 
tushayotgan nurlanish kuchayishi sodir bo‘ladi. 
Lekin shartga ko‘ra 2-sathning egallanganligi 1-sathning egallanganligiga 
nisbatan kamdir. Shuning uchun ham termodinamik yopiq tizimda nurlanish 
kuchaymaydi. Nurlanishni kuchaytirish uchun energiya kiritish bilan tizimni 
termodinamik muvozanat ho- latidan chiqarish va yuqori sathlarni egallaganligini 
quyidagicha o‘zgartirish lozim: 
a) 
bir xil bo‘lmagan elektr maydoni hosil qilish orqali; 
b) 
yordamchi nurlanish qo‘llash orqali; 
c) 
moddaga ba’zi bir quyi sathlarni ajratib buza oluvchi molekulyar 
aralashmalar kiritish orqali. Faqat shu holdagina ana shunday zarrachalardan 
tuzilgan muhit aktiv bo‘ladi, ya’ni rezonans chastotali to‘lqinlarni kuchaytirishga 
qobilyatli bo‘ladi. 

Download 182.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling