19 mavzu: Lazerli texnologik qurilmalar Reja


Yoqut o‘zakli lazerli qurilmalar


Download 182.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi182.66 Kb.
#1119046
1   2   3   4   5
Bog'liq
19 мавзу

Yoqut o‘zakli lazerli qurilmalar 
Birinchi OKG N.G. Basov va A.M. Proxorov taklif qilgan uch sathli sxema 
amalga oshirilgan. Ish muhiti (A1
2
0
3
) alyumin oksidiga uch valentli (0,04 - 
0,05%) xrom atomlari bilan aktivlashtirilgan sintetik yoqut o‘zakli kristalldan 
iborat 
Yoqut o‘zakli lazerning prinsipial sxemasi. 
Lazer bilan yorug‘lik nurlantirish jarayoni ikki bosqichdan iborat, a, b-
rasmdagi uchta gorizontal chiziqlar tizimning uchta energetik sathiga mos keladi
ko‘rsatkichlar orqali esa ular orasidagi mumkin bo‘lgan o‘tishlari belgilangan. 
Quyi sath atomning holatiga mos keladi: yuqorigisi - qo‘zg‘algan holatida, 
o‘rtadagisi esa - nobarqaror holatda. 
Xrom atomlari 1-energetik quyi sathda tinch holatda joylashgan, impulsli 
lampa yordamida hosil qilgan fotonlar yordamida uyg‘otiladi va yuqoriroq 
energetik sath - 3 ga o‘tadi. 
Atomlarni uyg‘otilgan holatga o‘tkazish uchun OKG ishchi qismiga energiya 


berish jarayoni «nakachka» (elektromagnit maydon kuchaytirilishi ta’sirida 
moddani termik-dinamik muvozanat holatidan chiqarib, uni nurlanuvchan 
xususiyatga ega qilish) deb ataladi. 3-sathning davom etish vaqti juda kam (10~
8
s). Bu vaqt ichida ba’zi ionlar o‘z-o‘zidan 3-sathdan 1-sathga o‘tadi. lonlarning 
asosiy qismi nurlanmasdan ortiqcha energiyani alyuminiy oksidining kristallik 
panjarasiga oshirib 2-sathga o‘tadi. Bu nobarqaror sath (davom etish vaqti 10
-4
dan 
1 s gacha bo‘ladi) va yig‘ilgan quvvati yetarli bo‘lganda 2-sathda bo‘lgan xrom 
ionlari soni 1-sathdagi ionlardan ko‘p bo‘adi, ya’ni sathlar inversiyasi bo‘ladi. Bu 
inversiyaga 2-sathdan 1-sathga o‘z-o‘zicha o‘tish kam ehtimolligi yordam beradi. 
Agar yorug‘lik energiyasi kvantlar bilan nobarqaror holatda bo‘lgan atomlarga 
ta’sir qilsa, bular chastotasi nobarqaror holatdan asosiy holatga o‘tadi, shu bilan 
birga yorug‘lik energiyani nurlantiradi, shunday qilib, atomlarning nobarqaror 
holati lazer ishida ifodalovchi bo‘ladi. Atomlarni sathga o‘tkazish jarayoni 
zaryadsizlanishli naychani yoritish yordami bilan amalga oshiriladi va o‘zi 
nobarqaror sathni egallash jarayonini ko‘rsatadi. 

Download 182.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling