19 mavzu: Lazerli texnologik qurilmalar Reja


Yoqut o‘zakli LTQ ni ishlash shartlari


Download 182.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi182.66 Kb.
#1119046
1   2   3   4   5
Bog'liq
19 мавзу

Yoqut o‘zakli LTQ ni ishlash shartlari 
Ta’minot manbaiga ulangan zaryadsizlanish naychasining chaqnashida aktiv 
element - yoqutli o‘zak qo‘zg‘aladi. Unda paydo bo‘lgan nur, yorug‘lik 
ekranlaridan ko‘p marta akslanib kuchayadi va qisman yuzasidan yorug‘lik aks 
etib o‘xshash kogerent yorug‘lik hosil bo‘ladi. Bir xil chastotali nurlanish, bir 
tomonga yo‘nalish va bir xil fazalar yoki fazalar ayirmasi doimiyligi kogerent deb 
ataladi. 
Yoqut kristaliga parallel asosli silindr shaklini berib fotonlar tarqalishini bir 
yo‘nalishga soladi. Uchi oynadek kumushlangan, boshqa uchi qisman 
kumushlangan, shunday qilib nurlanishning bir qismi (taxminan 8 %) undan o‘tadi. 
Atomlar energiyasining bir qismi esa o‘zak devoridan o‘tib tashqariga tarqaladi. 
Fotonlarning o‘zakka yonma-yon boshqa bir qismi o‘z yo‘nalishida zanjirli 
reaksiyani chaqiradi va yangi fotonlar hosil qiladi, bu o‘zakdagi qo‘zg‘algan 
atomlarning o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga keladi (impulsli chaqnashdan). Yoqut 
o‘zakning uchidagi oynalardan ko‘p rnarta akslanib yorug‘lik energiyasining oqimi 
har safar akslanganda ko‘chkidek kuchayadi va o‘zakning uchidan juda kuchli nur 
chiqaradi. Agar yana shu yorug‘lik oqimi yo‘liga linza qo‘yilsa, barcha energiyani 
kichik maydonning diametri to‘lqin uzunligi λ teng deb olsak, obyektivga kirish 
teshigining diametri D=2,26 F bo‘lish shart. Bu yerda F - fokus masofasi. 
Energiyaning oz qismi lazer nuriga aylanib, qolgani ish jismida issiqlik tarashda
ajraladi. Shuning uchun kristall jadal (intensiv) sovitiladi.
OKGlar quyidagi xususiyatlar bo‘yicha bo‘1inadi: 
1) 
aktiv muhitda inversli egallashni yaratish usuli bo‘yicha yoki damlash usuli 
(optik damlash, elektron qo‘zgatish, kimyoviy reaksiyalar va h.k.); 
2) 
ish muhiti bo‘yicha (gazlar, suyuqliklar, qattiq dielektriklar, yarim 
o‘tkazgichlar), rezonatorning konstruksiyasi bo‘yicha; 


3) 
ish holati bo‘yicha (impulsli, uzluksiz). 
OKG har bir turi o‘zining energetik tavsifiga ega: quvvat, biror bir 
energiyaning nurlanish energiyasiga aylanish ,FJK, impulsdagi energiya va 
boshqa. OKG nurlanishi uchun P-1 MVt quvvat, tolqin uzunligi λ=0,69 mkm, 
solishtirma teshik D/G=l,2 , φ=3,10
10 
V/sm, E=3,10
10
V/sm . 
Atomlar va molekulyar tashqi elektronlarning bog‘lash kuchlanganligi esa 
yuqoridagidan kamroq. Bunday yuqori energiyalar va maydon kuchlanganliklarda 
istagan moddalarni parchalash mumkin. Bu xususiyat OKG ni texnologik 
qo‘llanish asosiga olingan, teshiklar hosil qilish uchun, yupqa plyonkalar ishlash 
payvandlash, ko‘zni operatsiya qilishda, qonni to‘xtatishda, qishloq xo‘jaligida 
urug‘larga ekishdan oldin ishlov berishda, kimyo, geologiya va boshqa sohalarda 
tadbiq etiladi. 

Download 182.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling