19 mavzu: Lazerli texnologik qurilmalar Reja
Yoqut o‘zakli LTQ ni ishlash shartlari
Download 182.66 Kb. Pdf ko'rish
|
19 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKGlar quyidagi xususiyatlar bo‘yicha bo‘1inadi
Yoqut o‘zakli LTQ ni ishlash shartlari
Ta’minot manbaiga ulangan zaryadsizlanish naychasining chaqnashida aktiv element - yoqutli o‘zak qo‘zg‘aladi. Unda paydo bo‘lgan nur, yorug‘lik ekranlaridan ko‘p marta akslanib kuchayadi va qisman yuzasidan yorug‘lik aks etib o‘xshash kogerent yorug‘lik hosil bo‘ladi. Bir xil chastotali nurlanish, bir tomonga yo‘nalish va bir xil fazalar yoki fazalar ayirmasi doimiyligi kogerent deb ataladi. Yoqut kristaliga parallel asosli silindr shaklini berib fotonlar tarqalishini bir yo‘nalishga soladi. Uchi oynadek kumushlangan, boshqa uchi qisman kumushlangan, shunday qilib nurlanishning bir qismi (taxminan 8 %) undan o‘tadi. Atomlar energiyasining bir qismi esa o‘zak devoridan o‘tib tashqariga tarqaladi. Fotonlarning o‘zakka yonma-yon boshqa bir qismi o‘z yo‘nalishida zanjirli reaksiyani chaqiradi va yangi fotonlar hosil qiladi, bu o‘zakdagi qo‘zg‘algan atomlarning o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga keladi (impulsli chaqnashdan). Yoqut o‘zakning uchidagi oynalardan ko‘p rnarta akslanib yorug‘lik energiyasining oqimi har safar akslanganda ko‘chkidek kuchayadi va o‘zakning uchidan juda kuchli nur chiqaradi. Agar yana shu yorug‘lik oqimi yo‘liga linza qo‘yilsa, barcha energiyani kichik maydonning diametri to‘lqin uzunligi λ teng deb olsak, obyektivga kirish teshigining diametri D=2,26 F bo‘lish shart. Bu yerda F - fokus masofasi. Energiyaning oz qismi lazer nuriga aylanib, qolgani ish jismida issiqlik tarashda ajraladi. Shuning uchun kristall jadal (intensiv) sovitiladi. OKGlar quyidagi xususiyatlar bo‘yicha bo‘1inadi: 1) aktiv muhitda inversli egallashni yaratish usuli bo‘yicha yoki damlash usuli (optik damlash, elektron qo‘zgatish, kimyoviy reaksiyalar va h.k.); 2) ish muhiti bo‘yicha (gazlar, suyuqliklar, qattiq dielektriklar, yarim o‘tkazgichlar), rezonatorning konstruksiyasi bo‘yicha; 3) ish holati bo‘yicha (impulsli, uzluksiz). OKG har bir turi o‘zining energetik tavsifiga ega: quvvat, biror bir energiyaning nurlanish energiyasiga aylanish ,FJK, impulsdagi energiya va boshqa. OKG nurlanishi uchun P-1 MVt quvvat, tolqin uzunligi λ=0,69 mkm, solishtirma teshik D/G=l,2 , φ=3,10 10 V/sm, E=3,10 10 V/sm . Atomlar va molekulyar tashqi elektronlarning bog‘lash kuchlanganligi esa yuqoridagidan kamroq. Bunday yuqori energiyalar va maydon kuchlanganliklarda istagan moddalarni parchalash mumkin. Bu xususiyat OKG ni texnologik qo‘llanish asosiga olingan, teshiklar hosil qilish uchun, yupqa plyonkalar ishlash payvandlash, ko‘zni operatsiya qilishda, qonni to‘xtatishda, qishloq xo‘jaligida urug‘larga ekishdan oldin ishlov berishda, kimyo, geologiya va boshqa sohalarda tadbiq etiladi. Download 182.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling