19 mavzu: Lazerli texnologik qurilmalar Reja
Download 182.66 Kb. Pdf ko'rish
|
19 мавзу
Lazerlarni tasniflash
Lazerlarni ikki turga ajratish qabul qilingan: kuchaytirgichlar va generatorlar. Kuchaytirgichlarda uning kirishiga kichik miqdorda o‘tish signali kiritilishi bilan chiqishida lazer nurlanishi sodir bo‘ladi. Aynan shu signal zarrachalari energiya sinib erib qo‘zg‘alishni amalga oshiradi. Ko‘chkili kuchlanish sodir bo‘ladi. Shunday qilib, kirishida ozgina nurlanish signali, chiqishda esa kuchaytirilgani vujudga keladi. Generatorda esa ish boshqacha tus oladi. Uning kirishiga o‘tish chastotali nurlanish berilmaydi, lekin qo‘zg‘atiladi, bundan tashqari, aktiv modda o‘ta qo‘zg‘tiladi, agar aktiv modda o‘ta qo‘zg‘algan holatida bo‘lsa, bu holatda o‘z- o‘zidan yuqori sathdan pastkiga o‘tish sezilarli darajada ortadi. Bu nurlanishning o‘z-o‘zidan rag‘batlanishiga olib keladi. Ayrim lazerlarda uzluksiz (o‘rtacha) chiqish quvvati 10 6 Vt dan ortiq bo‘lganlari yuqori quvvatli deb ataladi. Chiqish quvvat ko‘lami 10 5 —10 3 Vt ga ega lazerlar o‘rta quvvatli hisoblanadi. Agar chiqish quvvati 10 3 Vt dan kam bo‘lsa, kichik quvvatli lazerlar tushuniladi. Lazerlarning nurlanishi rentgen chegarasidan, eng uzoq infraqizi gacha tozalasa, ya’ni lazer ko‘lami 10 -3 dan 10 2 mk(mikron) gacha rostlanadi. Qattiq tanali generatorlar energiya impulsining eng yuqori ko‘rsatkichi -10 3 J. atrofida. Gazli lazerlar uzluksiz nurlovchida, I0 -3 dan 10 2 Vt gacha quvvatga ega. Molekulyar azotli (C0 2 )maxsus gaz eritmali lazerli generatorlar 100 Vt atrofidagi quvvatga ega. Impulsli qattiq lazerlar quvvati 10 6 Vt gacha boradi (impulslar davomiyligi 10 -6 s). Lekin bu chegara emas. 10 3 J energiyani impulslar davomiyligi 10 - 9 s bo‘lganida olish mumkin, quvvati esa 10 12 Vt ga yaqin. Nur jadalligi 10 5 Vt/sm 2 da metall eriy boshlaydi, 10 7 Vt/sm 2 da metall qaynaydi, va 10 9 Vt/sm 2 da lazer nurlanishi modda bo‘g‘larini kuchli ionizatsiyalab, ularni plazmaga avlantira boshlaydi. Download 182.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling