19 mavzu: Lazerli texnologik qurilmalar Reja
Yoqut o‘zakli lazerli qurilmalar
Download 182.66 Kb. Pdf ko'rish
|
19 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoqut o‘zakli lazerning prinsipial sxemasi.
Yoqut o‘zakli lazerli qurilmalar
Birinchi OKG N.G. Basov va A.M. Proxorov taklif qilgan uch sathli sxema amalga oshirilgan. Ish muhiti (A1 2 0 3 ) alyumin oksidiga uch valentli (0,04 - 0,05%) xrom atomlari bilan aktivlashtirilgan sintetik yoqut o‘zakli kristalldan iborat Yoqut o‘zakli lazerning prinsipial sxemasi. Lazer bilan yorug‘lik nurlantirish jarayoni ikki bosqichdan iborat, a, b- rasmdagi uchta gorizontal chiziqlar tizimning uchta energetik sathiga mos keladi, ko‘rsatkichlar orqali esa ular orasidagi mumkin bo‘lgan o‘tishlari belgilangan. Quyi sath atomning holatiga mos keladi: yuqorigisi - qo‘zg‘algan holatida, o‘rtadagisi esa - nobarqaror holatda. Xrom atomlari 1-energetik quyi sathda tinch holatda joylashgan, impulsli lampa yordamida hosil qilgan fotonlar yordamida uyg‘otiladi va yuqoriroq energetik sath - 3 ga o‘tadi. Atomlarni uyg‘otilgan holatga o‘tkazish uchun OKG ishchi qismiga energiya berish jarayoni «nakachka» (elektromagnit maydon kuchaytirilishi ta’sirida moddani termik-dinamik muvozanat holatidan chiqarib, uni nurlanuvchan xususiyatga ega qilish) deb ataladi. 3-sathning davom etish vaqti juda kam (10~ 8 s). Bu vaqt ichida ba’zi ionlar o‘z-o‘zidan 3-sathdan 1-sathga o‘tadi. lonlarning asosiy qismi nurlanmasdan ortiqcha energiyani alyuminiy oksidining kristallik panjarasiga oshirib 2-sathga o‘tadi. Bu nobarqaror sath (davom etish vaqti 10 -4 dan 1 s gacha bo‘ladi) va yig‘ilgan quvvati yetarli bo‘lganda 2-sathda bo‘lgan xrom ionlari soni 1-sathdagi ionlardan ko‘p bo‘adi, ya’ni sathlar inversiyasi bo‘ladi. Bu inversiyaga 2-sathdan 1-sathga o‘z-o‘zicha o‘tish kam ehtimolligi yordam beradi. Agar yorug‘lik energiyasi kvantlar bilan nobarqaror holatda bo‘lgan atomlarga ta’sir qilsa, bular chastotasi nobarqaror holatdan asosiy holatga o‘tadi, shu bilan birga yorug‘lik energiyani nurlantiradi, shunday qilib, atomlarning nobarqaror holati lazer ishida ifodalovchi bo‘ladi. Atomlarni sathga o‘tkazish jarayoni zaryadsizlanishli naychani yoritish yordami bilan amalga oshiriladi va o‘zi nobarqaror sathni egallash jarayonini ko‘rsatadi. Download 182.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling