19 mavzu: Lazerli texnologik qurilmalar Reja
Download 182.66 Kb. Pdf ko'rish
|
19 мавзу
n
- E m ) / h bu yerda, h=6,62*10 -34 J s - Plank doimiysi, Yuqoriroq energetik sathlarga o‘tishda zarrachalar xuddi shunaqa chastotali EMT ni yutadi. Har qanday chastotali EMT, jumladan, yorug‘lik energiyasi hv ga teng bo‘lgan quvvatlar yoki fotonlar - alohida energiyaning porsiyalari oqimidan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday qilib, formula fotonlarning mikrozarrachalar bilan o‘zaro ta’sirlanishida energiyaning saqlanish qonunini ifodalab. bu qonunga muvofiq nurlangan yoki yutilgan foton energiyasi zarracha energiyasining o‘zgarishi orqali aniqlanadi. Mikrozarrachalar holatlari oralig‘dagi o‘tish faqat v nm rezonans chastotali fotonlar bilan o‘zaro ta’sir natijasida, ya’ni v nm =E n -E m bo‘gandagina sodir bo‘ladi. Atomning bir energetik sathdan boshqasiga o‘tishi o‘z-o‘zicha va induksiyalangan (majburiy) bo‘lishi mumkin. Atomning o‘z- o‘zicha o‘tishi faqat bir yo‘nalishda - yuqori sathlardan quyi sathlarga sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holda atom hv energiyali va ixtiyoriy yo‘nalishdagi impuls vektoriga ega fotonni nurlantiradi. An’anaviy yorug‘lik manbalari (qizigan) jismlar, gaz zayradsizlanishlar plazmalari o‘z-o‘zicha nurlanadigan yorug‘likni hosil qiladi. Induksiyalangan o‘tishlar nurlanish atomining ta’siriga asoslangan bo‘lib, ham katta energiyali, ham kichik energiyali sathlarga teng ehtimollikka ega. Yuqori sathga o‘tishda atom qaysi foton ta’sirida bu o‘tishni sodir qilsa, bunga qo‘shimcha ravishda fotonni nurlantiradi. Bu xususiyat shundan iboratki, qo‘shimcha induksiyalangan nurlanish majburiy nurlanish bilan qat’iy ravishda kogenerentdir va bir xil kattalikdagi energiya kvantiga ega (elektronning o‘tib ketayotgan foton elektr maydoni orqali «rezonansli tebranishi»ga o‘xshash hodisa sodir bo‘ladi). Natijada atomga tushayotgan nurlanish to‘lqinining chastotasi, yo‘nalish tezligi, fazasi va qutblanishi o‘zgarmagan holda, amplitudasi kuchayib ketadi, ya’ni tushayotgan nurlanish kuchayishi sodir bo‘ladi. Lekin shartga ko‘ra 2-sathning egallanganligi 1-sathning egallanganligiga nisbatan kamdir. Shuning uchun ham termodinamik yopiq tizimda nurlanish kuchaymaydi. Nurlanishni kuchaytirish uchun energiya kiritish bilan tizimni termodinamik muvozanat ho- latidan chiqarish va yuqori sathlarni egallaganligini quyidagicha o‘zgartirish lozim: a) bir xil bo‘lmagan elektr maydoni hosil qilish orqali; b) yordamchi nurlanish qo‘llash orqali; c) moddaga ba’zi bir quyi sathlarni ajratib buza oluvchi molekulyar aralashmalar kiritish orqali. Faqat shu holdagina ana shunday zarrachalardan tuzilgan muhit aktiv bo‘ladi, ya’ni rezonans chastotali to‘lqinlarni kuchaytirishga qobilyatli bo‘ladi. Download 182.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling