19-mavzu. Vallar va o’qlar. Reja: Umumiy ma`lumot. Vallarni hisoblash
Vallarning mustaxkamligini hisoblashning takribiy usuli
Download 0.63 Mb.
|
19 (1)
Vallarning mustaxkamligini hisoblashning takribiy usuli. Bu usulga ko’ra keltirilgan moment ta`siridan valning xavfli kesimida xosil bo’ladigan kuchlanish aniqlanib, ruxsat etilgan kuchlanish qiymati bilan solishtiriladi. Demak, bu xolda val kesimi uchun mustaxkamlik sharti quyidagicha ifodalanadi:
(327) bu yerda M - uchlanish aniqlanadigan kesimga ta`sir etayotgan eguvchi moment, Nm; T - shu kesimdagi burovchi moment,Nm; W - xisoblanayotgan kesimning egilishga bo’lgan qarshilik momenti, mm3. Agar valga ta`sir etuvchi kuchlar har xil tekislikda yotsa, ularni o’zaro perpendikulyar bo’lgan gorizontal xamda vertikal ikkita tekislik bo’yicha ta`sir etadigan qilib olish, so’ngra ma`lum usullar bilan tayanchlardagi reaksiyalarni topish va ulardan foydalanib eguvchi moment epyuralarini ko’rish lozim. Bu xolda har bir kesimga umumiy ta`sir etadigan eguvchi moment ikki tekislik bo’yicha tuzilgan momentlarning geometrik yig’indisi sifatida aniqlanadi, ya`ni (328) Shundan so’ng, burovchi moment epyurasi ko’rilib, keltirilgan momentning qiymati aniqlanadi: Masalan, 145-shaklda keltirilgan, qiya tishli g’ildirak o’rnatilgan val uchun: Mv= (329) bu yerda FtM - ulanadigan val uchlarining o’qdoshligini aniq ta`minlashning iloji bo’lmaganligi tufayli muftada xosil bo’ladigan qo’shimcha kuch; uning qiymati har xil muftalar uchun har xil bo’ladi; taxminiy hisoblashlarda FtM=(0,2-0,5)Ft qilib olinadi, bu yerda muftaga ta`sir etuvchi aylana kuch; bu kuchning yo’nalishi valda Ft dan xosil bo’ladigan deformasiyani oshiradigan qilib olinadi; Ft g’ildirakdagi aylana kuch; Fx uk bo’ylab yo’nalgan kuch; Fr valga tik yo’nalgan kuch. Taqribiy hisoblash natijalaridan foydalanib, val qismlarining tuzilishi va o’lchamlari yetarli darajada aniq belgilanadi. Shundan so’ng hisoblashning aniqlashtirilgan usulidan foydalanib, valning mustaxkamligi tekshirib ko’riladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling