19-mavzu. Vallar va o’qlar. Reja: Umumiy ma`lumot. Vallarni hisoblash


Download 0.63 Mb.
bet5/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1040043
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19 (1)

Vallarning bikrligini aniqlash
Vallarning ish jarayonida egilishi ularning xamda ular bilan bog’liq bo’lgan detallarning ishiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.




146 –shakl. ni aniqlash grafigi.
Shu sababli vallarning egilishidan xosil bo’ladigan salkilikning xamda tayanchga nisbatan qiyalik burchagining qiymati ma`lum chegaradan ortib etmasligi lozim. Vallarning bikrligini hisoblashdan asosiy maqsad anna shu talablarning qanchalik qondirilishini tekshirishdir. Egilishdan xosil bo’ladigan salqilik hamda egilish chizig’ining tayanchga nisbatan xosil qilgan qiyalik burchagi materiallar qarshiligi kursida keltirilgan usullar bilan aniqlanadi.



147- shakl. ni aniqlash grafigi.
Salqilikning ruxsat etilgan qiymati valning tuzilishi, ishlash shart-sharoiti xamda quyilgan talablarga ko’ra, har bir xoll uchun aloxida belgilanadi. Masalan, tishli g’ildiraklar o’rnatiladigan vallar uchun salqilikning ruxsat etilgan qiymati quyidagicha bo’ladi:
- silindrik g’ildirakli uzatmalar uchun;
konussimon g’ildirakli va gipoid uzatmalar uchun;
bu yerda m - ilashish moduli.
Stanoksozlikda ishlatiladigan umumiy vallar uchun:

bu yerda L - tayanchlar orasidagi masofa



148- shakl.Sirpanish podshipnigiga o’rnatilgan valning egilishi.
Egilgan vallarning tayanchlarga nisbatan qiyalik burchagi sirpanish podshipniklari uchun (148-shakl) [ ]=0,001 radian; dumalash radial podshipniklari uchun esa [ ]=0,01 radian deb qabul qilinadi.
Vallarning egilishidan xosil bo’ladigan salqilikni kamaytirish uchun vallarga o’rnatilgan detallar tayanchlarga iloji boricha yaqin qilib joylashtirilishiga hamda mumikn qadar yengil bo’lishiga harakat qilish lozim.
Vallarning vibrabardoshligini hisoblash
Bunday hisoblashdan asosiy maqsad vallarning sinishiga sabab bo’ladigan rezonans xodisasiga yo’l qo’ymaslikdir. Vallarda rezonans xodisasi boshlanadigan aylanish tezligi aylanish chastotasining kritik qiymati bilan belgilanadi. Har bir valning tuzilishi hamda ishlash sharoitiga qarab, aylanishlar chastotasining kritik qiymati har xil bo’ladi.
Vallarning haqiqiy aylanish chastotasi kritik qiymatiga yetganda tashqi kuchlarning ta`sir etish chastotasi xususiy tebranish chastotasiga mos kelib qoladi. Bunday xollarda tebranish amplitudasi keskin kattalashadi va, oqibatda val sinadi. Demak, rezonans sodir bo’lmasligi uchun vallarning mazkur sharoitdagi aylanish tezligi qiymati aylanishlar chastotasining kritik qiymatiga teng bo’lib qolmasligi kerak. Aylanish chastotasining kritik qiymati quyidagicha topiladi:
(333)
bu yerda tashqi kuch ta`sir etish chastotasining (burchagiy tezlining ) kritik qiymati; q=9,81, yer tortish kuchidan xosil bo’ladigan tezlanish; yst - valda xosil bo’ladigan statik salqilik.
Demak, statikaviy usul bilan aniqlangan salqilik qiymatidan foydalanilsa, kritik aylanish chastotasi juda oson topiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, aylanish chastotasi kritik qiymatga yetgan vallar to’satdan sinib ketmaydi. Shu sababli, talab qilingan xollarda vallarning (masalan, tish davolashda ishlatiladigan mashinalar egiluvchan vallarning) haqiqiy aylanish chastotasi kritik qiymatidan katta bo’lishi ham mumkin. Bunday xollarda kritik aylanish chastotasi bilan ishlash xolatidan tez o’tishni ta`minlash lozim. Bundan tashqari, rezonans hodisasi kritik

aylanish chastotasining karrali qiymatlarida (2nkr, 3nkr va x.k.) takrorlanib turadi, buni esa esdan chiqarmaslik kerak.


Odatda, rezonans xodisasi ro’y bermasligi uchun bikr vallarda egiluvchan vallarda esa bo’lishini ta`minlash darkor

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling