19-mavzu. Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuv
Yo‘lovchi transportida logistik tizimlarini loyihalashtirishning asosiy tamoyillari. Yo‘lovchi transportida logistik tizimlarni boshqarish samaradorligini oshirish
Download 140.5 Kb.
|
19 mavzu Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuv
5.Yo‘lovchi transportida logistik tizimlarini loyihalashtirishning asosiy tamoyillari. Yo‘lovchi transportida logistik tizimlarni boshqarish samaradorligini oshirish
Elementar jarayonlar ma’lum ketma-ketlikda bajariladi va ular transport vositasini mos ravishda ma’lum ketma-ketlikda bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini taqoza etadi. Yo’lovchi tashish yo’nalishining boshlang’ich bekatida bajariladigan elementar jarayonlarni ko’rib chiqaylik(1-rasm). Avtobus boshlang’ich bekatga yetib kelgach tegishli joyda to’xtaydi va birinchi navbatda yo’lovchilarni avtobusdan tushiradi (1blok). Undan keyin haydovchi avtobusni belgilangan texnologiyaga muvofiq yo dispetcherlik manzili tomon harakatlantiradi (2 blok) va u yerda tegishli ma’lumotlar rasmiylashtiriladi (3 blok) yoki avtobusni yo’lovchilar chiqadigan yo’lakka qo’yib (5 blok), avtobusga yo’lovchilar chiqarishni boshlaydi, o’zi esa dispetcherlik manziliga ma’lumotlarni rasmiylashtirish uchun boradi (3 blok). Hujjatlashtirish tugagandan so’ng haydovchi yana avtobusga qaytadi (5 blok). Agar bajarilgan reysdan so’ng haydovchiga dam olish (ovqatlanish) ko’zda tutilgan bo’lsa, unda dispetcherlikda tegishli ma’lumotlar qayd etilgandan so’ng (3 blok) bu jarayon amalga oshiriladi (4 blok), keyin esa avtobus yo’lovchilarni avtobusga chiqarish yo’lakchasiga olib boriladi. Ma’lum muddat davomida yo’lovchilar avtobusga chiqarilgandan so’ng u harakatga tushadi va boshlang’ich bekat xududidan yo’nalish yo’liga chiqib ketadi. 1-rasm. Avtobus yo’nalishining boshlang’ich bekatida amalga oshirilayotgan elementar logistik operatsiyalar 1 - rasmda kiritilgan belgilashlar: - avtobus yo’nalishining boshlang’ich manzilida avtobusdan yo’lovchi tushirishga ketgan vaqt; - avtobusni yo’lovchilar tushirilgan joydan hujjatlarga ma’lumotlar yozish va reysni bajarilganini belgilash joyiga harakatlantirish vaqti; - boshlang’ich manzilda reysni bajarilganini qayd etish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti; -boshlang’ich manzilda haydovchini dam olish va ovqatlanishga ketgan vaqti; -yo’nalishni boshlang’ich manzilida yo’lovchilarni avtobusga chiqarish uchun ketgan vaqt; -avtobusni yo’lovchilar chiqish joyidan yo’nalish yo’ligacha harakatlanish vaqti. Avtobus yo’nalishining oxirgi bekatida amalga oshiriladigan elementar jarayonlar grafi 2-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, ularni mazmun-mohiyati va ketma-ketligi yuqorida yo’nalishni boshlang’ich bekati uchun bayon etilgan jarayonlardan deyarli farq qilmaydi. 2-rasm. Avtobus yo’nalishining oxirgi bekatida amalga oshirilayotgan elementar logistik operatsiyalar 2-rasmda kiritilgan belgilashlar mazmun-mohiyati jihatdan yuqorida 1-rasm uchun keltirilgan belgilashlardan farq qilmaydi, faqat ular yo’nalishning oxirgi manzilida bajarilayotgan elementar jarayonlarga oid bo’lganligi tufayli vaqt belgisiga oxirgi manzil uchunligini ko’rsatuvchi indeks “ ” kiritilganligi bilan ajralib turadi. Avtobus yo’nalishining oraliq bekatlaridagi elementar jarayonlar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshishi mumkin. Avtobus oraliq bekatiga yetib kelgandan keyin, agar bekat yo’lakchasi band bo’lmasa, unga kiradi (2 blok), band bo’lsa, unda yo’lakcha bo’shaguncha kutib turadi (1 blok) va bo’shagandan keyin kiradi (2 blok). Keyingi jarayonda avtobusdan yo’lovchilar tushiriladi (3 blok) va yangi yo’lovchilar avtobusga chiqariladi (4 blok). Undan keyin esa avtobus eshiklarini yopib, bekat hududidan yo’nalish yo’liga chiqib ketadi (5 blok). Mazkur jarayonlar sxemasi 3-rasmda ko’rsatilgan. 3-rasm. Avtobus yo’nalishining n-oraliq bekatida bajariladigan elementar logistik operatsiyalar 3-rasmda kiritilgan belgilashlar: - avtobus yo’nalishini - oraliq bekatiga kirishni kutish vaqti; - avtobusni kutib turgan joydan -oraliq bekatda yo’lovchi tushirish joyigacha kirish (harakatlanish) vaqti; - yo’lovchilarni avtobusdan tushirishga ketgan vaqt; - yo’lovchilarni avtobusga chiqarish vaqti; - avtobusni yo’lakcha bandligi tufayli bekatdan chiqishni kutish vaqti; -bekatdan yo’nalish yo’liga chiqishgacha ketgan vaqt. Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling