19. Shaxslar, guruxlar va jamoalar Shaxs uchun referent bo’lgan guruh


Guruhlar o’lchami va ularning turlari tasnifi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana27.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1067752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
19. Shaxslar, guruxlar va jamoalar

Guruhlar o’lchami va ularning turlari tasnifi 
Har bir shaxs o’z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida 
amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman 
qo’shilmaydigan individning o’zi yo’q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli 
insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta’sirda bo’ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo 
kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va 
guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy 
mavzularidan va muammolaridan biridir. 
Psixologik ma’noda guruh
 
bu umumiy belgilar, 
F
aoliyat, muloqot hamda 
maqsadlar asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruhi tashkil 
topishi uchun albatta, qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo’lishi 
shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o’quv faoliyati, bilim olish, 
yoshlarga xos birliklar (o’spirin, yoshlar, ma’lum o’quv yurtida ta’lim olish istagi va 
hokazo). Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham 
umumiy bo’lgan narsa bor – bu qiziquvchanlik bo’lib o’tgan hodisaga guvohlik, unga 
umumiy munosabatdir. 
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil 
etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga 
bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu 
guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. 
Guruhlar tarkibidagi odamlar soniga ko’ra katta va kichik guruhlarga bo’linadi. 
Psixologiyada ko’proq kichik guruhlar o’rganiladi. Uni necha nafar kishi tashkil etishi, 
necha nafar kishining hamkorlikdagi faoliyati ko’proq samara berishi masalasi amaliy 
ahamiyatga egadir. Ko’pchilik olimlar guruhning boshlang’ich nuqtasi sifatida miqdor 
jihatdan ikki kishini – diadani tan olishadi. Polyak olimi Yan Shepanskiy bunga 
qo’shilmasa-da (uning fikricha kamida uch kishi – triadadan boshlanadi), har qalay diada 
o’ziga xos uyushma sifatida tan olingan . Masalan, yangi oila qurib, birga yashayotgan 
kishilar, sevishganlar, ikki do’st – o’ziga xos kichik guruh. Har qanday kichik guruhga 
xos sifat shuki, uning a’zolari bir-birlari bilan bevosita muloqotga kirishish, “yuzma-yuz” 
bo’lish imkoniyatga ega bo’ladi. Har bir kishi uchun shu guruh juda ahamiyatli bo’lib, 
uning normalariga o’zi xohlab-xohlamay bo’ysuna boshlaydi. Kichik guruhning 
chegarasi masalasi ham ko’p muhokama qilinadi. 
G.M. Andreyeva bu chegarani 12-15 kishi deb hisoblasa, amerikalik J.Moreno o’z 
vaqtida bu chegarani 30-40 gacha surgan edi. Lekin bizningcha, uning yuqori chegarasi 
necha kishi bo’lishidan qat’iy nazar, o’zaro bevosita muloqot imkoniyatini berishi va har 
bir a’zo bir-biriga ta’sir ko’rsata olishi kerak. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling