19. Shaxslar, guruxlar va jamoalar Shaxs uchun referent bo’lgan guruh


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana27.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1067752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
19. Shaxslar, guruxlar va jamoalar



19. Shaxslar, guruxlar va jamoalar 
Shaxs uchun referent bo’lgan guruh 
Olimlarning hisoblariga ko’ra, Yer yuzida nafaqaat 5,5 milliardga yaqin alohida 
individlar, balki ulardan iborat bo’lgan 200 ga yaqin milliy-davlatchilik tuzilmalari, 4 
millionga yaqin aholi punktlaridan iborat geografik xududlar, 20 milliondan ziyod 
iqtisodiy uyushmalar, yuzlab millionli turli rasmiy va norasmiy tashkilot va muassasalar 
(oila, machit, cherkov, turar-joy shirkatlari va hokazo) mavjud bo’lib, ularning alohida 
shaxslarga ta’sirini bilish muhim masaladir. 
Odamlar o’rtasidagi yoki boshqacha qilib aytganda, shaxslararo munosabatlar 
asosan guruh sharoitida, shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhida, jamoada bo’lgan 
taqdirda ro’y beradi. Shuning uchun ham mutaxassislar jamoalarda ro’y beradigan 
shaxslararo ta’sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda 
odamlar mehnatini tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak. 
Har bir shaxsning fe’l-atvorida, xatti-harakatlarida u mansub bo’lgan millat, xalq, 
xudud, professoinal toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi muqim guruhi, 
oilasining ta’siridan paydo bo’lgan sifatlari va xususiyatlari bo’ladi. Tarixiy shart-sharoit, 
davr, davlat tuzimi va o’sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta’sirlar haqida 
yuqorida gapirgan edik. Bu ta’sir makro bosqichdagi ta’sirlar deb atalib, yaqin muhitning 
tasiri – mikro bosqichdagi ta’sirlar deb yuritilishini eslatib o’tamiz. Ikkala bosqichdagi 
ta’sirlar ham ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli va tarbiyaviy mohiyatga 
egadir. Chunki har bir sharoitda shaxs o’ziga xos ijtimoiy rollarni bajaradi va o’zining 
“qiyofasini” namoyon etadi. Mehnat jamoasida professoinal rollarni bajarish jarayonidagi 
xulq-atvori shaxsning ma’naviy va psixologik ko’rinishidagi asosiy omil bo’lib, katta 
yoshdagi odam psixologiyasini tubdan o’zgartirish uchun uning professional faoliyatini 
ham o’zgartirish kerak, deyiladi. 
Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o’zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri bo’lib 
turadi. To’g’ri, ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta’siri sezilarliroq va 
ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo’ladi. Masalan, o’quvchilik yillarida 
maktabdagi o’quvchilar guruhining ta’siri mahalladagi o’rtoqlar davrasinikidan kuchliroq 
bo’lishi, yangi xonadonga kelin bo’lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri 
talabalik guruhinikidan kuchliroq bo’lishi tabiiy. Lekin har bir alohida daqiqada biz 
doimo ma’lum guruhlar ta’sirida bo’lamiz. 
Xo’sh, guruhning o’zi nima? Guruh – ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida 
to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Sodda qilib 
aytadigan bo’lsak, guruh – ikki va undan ortiq odamlar o’zaro muomala qiladigan va bir-
birlariga ta’sir qiladigan uyushmadir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: 
biror faoliyatning bo’lishligi (mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda 
u yerda odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi. 
Referent guruh tushunchasini fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi 
G.Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan. Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir 
alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo’ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, 
harakat normalari, g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza 
oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deb ataladi. 
Talaba uchun bunday guruh rolini oliygohdagi bir necha professor-o’qituvchilar, ota-


onasi, yaqin do’sti yoki qarindoshlaridan kimdir o’ynashi mumkin. Shunisi xarakterliki, 
shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo’lishga intiladi. 
Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a’zolik guruhi) 
tarkibida yoki unga qarshi bo’lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo’lganda ham ana 
shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo’lib, uning xulq-atvor uchun 
etalon hisoblanadi. Tadqiqotchi yoki tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay 
olish va aniqlagandan so’ng nima uchun aynan shu guruh referent rolini o’ynaganini 
bilish muhimdir. Referent guruhga qarab shaxsga baho berish, uning xulq-atvorini 
bashorat qilish mumkin. 
Amerikalik sosiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar. 
Normativ guruhlar – bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, ularning 
normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo’ladi. Bunday 
guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal 
guruhlarni kiritish mumkin. Masalan, o’zbek xalqi uchun dasturxon atrofiga o’tirgan 
zahoti yuzga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga “Xush kelibsizlar” deyishlari 
norma hisoblanadi va har bir oilada shunday harakatlarga nisbatan ijobiy ustanovka 
shakllanadi. Bunda bola uchun referent rolini ota-onasi, kattalar, mahalladagi hurmatli 
insonlar o’ynaydi. 
 
Qiyoslash guruhlari – bu shunday guruhki, shaxs o’sha guruhga kirishni, uning 
ma’qullashiga muhtoj bo’lmaydi, lekin o’z harakatlarini yo’lga solishda unga asoslanadi 
va korreksiya qiladi. Masalan, talabalar guruhida shunday yoshlar bo’lishi mumkinki, 
shaxs ular bilan umuman muloqotda bo’lmaydi, ularning fikrlari yoki qarashlarini 
yoqlamaydi, lekin bu guruh aynan o’shalarga o’xshamaslik va o’z ustida ko’proq 
ishlashga o’zini safarbar qilish uchun kerak. Yoki talaba yoshlar sessiya yakunlariga 
ko’ra differensial stipendiya oladilar. O’rtacha o’zlashtiruvchi talaba uchun “hamma 
talabalar” oladigan stipendiya miqdorini nazarda tutib, o’zini tinchlantiradi, a’lochi esa, 
o’zinikini nafaqat oddiy, o’rtachalar bilan balki, davlat stipendiyalari oladiganlar bilan 
ham solishtiradi. Ko’rsatgichlar qanchalik yuqori bo’lsa, shunga mos da’vogarlik darajasi 
ham yuqori bo’ladi, shaxsning qiyoslash guruhlari ham ortiqroq bo’ladi. 
Negativ guruhlar – shundayki, shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz 
kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutloq farq qiladi. Masalan, ikki qo’shni bir-
biri bilan murosalari kelishmasa, hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni 
ikkinchisi tanlamaydi. Biri “oq” desa, ikkinchisi, aksincha, “qora” deb turaveradi. 
Referent 
guruh
Normativ 
guruhlar
Qiyoslash 
guruhlari
Negativ 
guruhlar



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling