19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


Download 143.49 Kb.
bet42/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
шахига

3. YOMĞIRLATIB SUG'ORISH-Yomg’irlatib sug’orish deyilganda maxsus mashina, qurilma va agregatlar yordamida suvni tuproq sathi va o’simlikka sun’iy yomg’ir shaklida yetkazib berish tushuniladi. Yomg’irlatib sug’orish sifatini yomg’irlatish jadalligi, yomg’ir tomchisining o’lchami, sug’oriladigan dala bo’yicha yomg’irning bir tekisda taqsimlanishi kabi ko’rsatkichlar – sun’iy hosil qilinadigan yomg’ir tavsifi belgilaydi. Yomg’irlatib sug’orish jarayonida tuproqning qulay suv rejimini ta’minlanishi tuproq strukturasining buzilmasligi, o’simlik organlarining shikastlanmasligi, tuproq ustida ko’lkob va suv oqimi vujudga kelmasligi sug’orishni sifatli o’tkazilganligini ko’rsatadi.Yomg’ir tomchisining o’lchami yo’l qo’yiladigan yomg’irlatish jadalligi, suvning bug’lanishga isrof bo’lishi, tuproqning zichlanishi, sug’orish me’yorining tuproq usti oqimi paydo bo’lgunicha yo’l qo’yarli miqdoriga ta’sir etuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Masalan, suv tomchisining diametri 1,0–1,5 mm va yomg’irlatish jadalligi 0,5 mm/min. bo’lganda sug’orish me’yorining yo’l qo’yiladigan miqdori 130–700 m3/ga, 2,0 mm bo’lganda esa 50–190 m3/ga. ga teng bo’ladi. Yomg’irlatish apparatidan suv erkin oqimda tushganda turli o’lchamdagi tomchilar hosil bo’ladi, oqim tezligi qanchalik katta bo’lsa, suv shunchalik ko’p mayda tomchilar hosil qiladi. O’simlik va tuproqqa qulay hisoblangan suv tomchisining diametri 0,4–0,9 mm. ni tashkil etadi. Odatdagi yomg’irlatib sug’orishda tuproqning 0,5–0,6 m. li hisobiy qatlamida qulay suv zaxirasi hosil qilish va yerga yaqin havo qatlami mikroiqlimini yaxshilash maqsadida ekinlar 6–12 kun oralatib sug’orib turiladi. Ispulsli yomg’irlatib sug’orishda havo namligi taqchilligini kamaytirish maqsadida ekinlar har kuni harorat eng yuqori bo’lgan vaqtda (soat 12 dan 15 gacha) sug’orib turiladi.

10- variant1.ÒSIMLIK HAYOTIDA MAKRO VA MIKRO HAMDA òsimliklar oziqlanishida mikroorganizmlarning roli-O’simlik hayotida makro va mikroelementlar hamda o’simliklar oziqlanishida mikroorganizmlarning roli.O’simliklar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar anchagina (0,01% gacha) bo’ladi, ular makroelementlar, oz miqdorda (0,01-0,001 %) bor, mis, rux, marganes, kobalt, molibden kabi elementlar uchraydi, ular mikroelementlar deb ataladi. O’simliklar tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy elementlar topilgan. O’simliklarning oziqlanishi 3 hilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullari. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. O’simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi.Azot tuproqda eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalardan bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3)dan va ammoniy tuzlari(NH4)dan o’zlashtiradi.Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish prosessii ammonifikasiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib , nitrit va nitrat kislotalarga aylanish prosessinitrofikasiya prosessii deyiladi.Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qanchalik zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shunchalik zarurdir. Shuning uchun ham, ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda tuproqning oziqa rejimlarini boshqarish katta axamiyatga ega.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling