19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-BILET 1-SAVOL JAVOBI - Madaniylashgan tuproq


Download 143.49 Kb.
bet57/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
шахига

28-BILET 1-SAVOL JAVOBI - Madaniylashgan tuproq - deyilganda agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari, shu tufayli unda suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari yaxshi bo’lgan, ekinlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan tuproq tushuniladi.Yer asosan biologik, kimyoviy va fizik usullarda madaniylashtiriladi. Biologik usul - bunda, tuproqdagi organik moddalarning sintezlanishi va chirishini boshqarish, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni ekish, almashlab ekishni joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim.Kimyoviy usul - bunda, yerga har xil mineral, bakterial o’g’itlar solinadi, gips va boshqa moddalar qo’llanilib, tuproqda o’simlik oson o’zlashtiradigan holatdagi moddalar miqdori ko’paytiriladi. Yer ohaklanganda tuproqning kislotaligi, gipslashda esa ishqoriyligi normallashib, o’simliklarning o’sishi uchun yaxshi muhit vujudga keladi.Fizik usul – bunda, yerga fizik-mexanik tasir etiladi, ya’ni yerga har xil ishlovlar beriladi, tuproqning strukturali bo’lishi va uning havo, issiqlik, suv va boshqa rejimlarini boshqarishda o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, mayda kartalarni yiriklashtirish, yerlarning zaxini qochirish, sho’rini yuvish, sizot suvlar sathini pasaytirish yuzasidan o’tkaziladigan kollektor-drenaj ishlari hamda ekin ekishdan oldin va keyin olinadigan egat va jo’yaklar ham fizik usulga kiradi.

28-BILET 2-SAVOL JAVOBI-DEHQONCHILIK TIZIMI TÒĢRISIDA TUSHUNCHA
Dehqonchilik tizimi - yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishga qaratilgan, oʻzaro bir-biriga boglik texnologik (agrotexnik), meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui. Hozirgi qishloq xoʻjaligi da D. t. oʻzaro aloqador bir qancha boʻgʻinlarni oʻz ichiga oladi: almashlab ekishnp tashkil etish; ekinni yetishtirish texnologiyasi; yerni ishlash tizimi; oʻgʻitlash tizimi; begona oʻt, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari; urugʻchilik; yerni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari; suvdan toʻgʻri foydalanish, tuproqning shoʻrlanishi va botqoklanishiga qarshi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va b.; ayrim mintaqalarda suv chiqarish, botqoq yerlarni quritish, kimyoviy melioratsiyalash (yerni ohaklash, gipslash va b.), dala ihota oʻrmonzorlari barpo etish ham D. t. tarkibiga kiradi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling