1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida
2
Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 25-26 3 Jo’rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O’zbekiston tarixi. O’zbekistonning yangi tarixi, 3-kitob. –T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 178
45 45 sharoitida esa hokimiyat uchun kurash, mohiyat nuqtai nazaridan qaralganda, saylovchilar ovozi uchun kurashdir. Bugungi kunda O’zbekiston siyosiy partiyalari bir-birlari bilan dahanaki jang olib bormasligi - o`zini o`zi maqtash, boshqalarni ayblash orqali saylovchilarga o`zini ko`rsatmasdan, balki ular orasiga kirib borishlari, ularni o`zlarining dastur va qarashlariga ishontira bilishlari lozim. Milliy g’oya, milliy mafkurani rivojlantirish va ularni hayotga tatbiq etish yo`lida muntazam izlanishlari kerak bo`ladi. Haqiqiy fidoyilik faqat ana shu yo`nalishlarda yaqqolroq ko`rinishi mumkin. Siyosiy partiyalar faoliyatiga beriladigan haqiqiy bahoni saylov natijasi ko`rsatadi. Saylov siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o`rnini belgilovchi haqiqiy sinovdir. Uz kelajagiga befarq bo`lmagan partiya tashkil etilgan kunidan boshlaboq ushbu sinovga tayyorgarlik ko`rib boradi. Demak, saylovchilar ovozi uchun kurash doimiy davom etadigan uzluksiz jarayondir. Bu ob`ektiv qonuniyatni tushunmaslik partiyalar faoliyatini bir yoqlama talqin qilishga sabab bo`ladi. O’zbekiston siyosiy partiyalari o`rtasida g’oyaviy birlik mavjud bo`lganligi uchun ham ularni g’oyaviy kurashga chaqirish, partiyalar tabiatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas. Siyosiy partiyalar o`rtasidagi asosiy farq O’zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati qurish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, milliy g’oya, milliy mafkuramizni hayotga tatbiq etishning shakl va usullarida ko`rinishi mumkin. Maqsad - bir, g’oya - bir, ammo ushbu maqsad va g’oyalarni tatbiq etish usullari turlichadir 1 .
kurashdir. Zero, asosiy maqsad xalqqa, jamiyatga xizmat qilishdir. Shunday ekan, biz partiyalarning o`zaro kurashi uchun ham emas, g’oyalar kurashi uchun ham emas, balki saylovchilar ovozi uchun kurash tarafdorimiz. Chunki partiyalarning har xil g’oyalar o`rtasidagi dahanaki jangi jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmaydi. Ayrim xorijiy axborot vositalari O’zbekiston partiyalarini vaqti-vaqti bilan hokimiyatga bo`ysunishda ayblaydilar. Ana shunday tashviqot va targ’ibotning mahsuli o`laroq, ayrim fuqarolarimizda nega bizning partiyalar parlament yig’ilishlarida bir-biri bilan talashib- tortishmaydilar, bahslashmaydilar, nega ularning chiqishlarida hokimiyatga qarshi biron gap yoki fikr yo`q, degan savollar paydo bo`lmoqda. Siyosiy partiyalarga bo`lgan bunday yondashuv O’zbekistondagi siyosiy reallikning noto`g’ri in`ikosidir. Bu bilan bizdagi mavjud siyosiy partiyalar faoliyatida hech qanday kamchilik yo`q, demoqchi emasmiz. Kamchiliklar keragidan ortiqroq. Biroq partiyalar faoliyatidagi nuqsonlar sababini faqat ular faoliyatining o`zidangina qidirish yo`q joydan narsa qidirishdek gap. O’zbekistondagi siyosiy partiyalar fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan siyosiy huquqlarini ta`minlovchi mexanizmlardan biridir. Demak - bu fuqarolarning har biriga berilgan imkoniyat. Bu imkoniyatning voqelikka aylanishi yoki imkoniyat darajasida qolib ketishi har birimizning siyosiy faolligimizga bog’liq. Siyosiy partiya faol bo`lib, fuqarolar siyosiy faoliyatsiz bo`lmaydi. Fuqarolarning siyosiy faolligi hamisha siyosiy partiyalarning faolligini belgilaydi. ya`ni siyosiy partiyalarning faolligi fuqarolar siyosiy faolligining ifodasi hisoblanadi. Shunday ekan, siyosiy partiyalar faolligini oshirish, ularning ommalashuvini ta`minlash uchun, birinchi navbatda, fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish, siyosiy madaniyatini yuksaltirish lozim. Busiz siyosiy partiya o`zining jamiyatdagi o`rnini topolmaydi, o`ziga yuklatilgan tarixiy vazifasini hech qachon bajarolmaydi. Shuning uchun ham partiyalarga fuqarolarning siyosiy faoliyatini harakatga keltiruvchi kuch emas, balki ularning siyosiy harakatini boshqaruvchi siyosiy tashkilot sifatida qarash lozim. Har qanday siyosiy tizim, siyosiy partiyalarni harakatga keltiruvchi kuch fuqarolarning siyosiy faolligidir. Uz kelajagi va ravnaqini o`ylagan har qanday partiya fuqarolarning siyosiy
1
http://www.uza.uz/news /
46 46 madaniyatini yuksaltirish uchun ham kurashmog’i lozim. Shu bois Prezidentimiz fuqarolarning siyosiy madaniyati, siyosiy faolligini yuksaltirishga katta e`tibor berishga chaqirmoqda 1 . Yuqorida qayd etilganidek, har qanday partiya hokimiyat uchun kurashadi, ammo buni «hokimiyatga qarshi kurash», deb tushunmaslik kerak. Hokimiyat yo`q joyda partiya ham bo`lmaydi. Partiya hokimiyatni mustahkamlashdan, uning jadal faoliyat ko`rsatishidan manfaatdor. Shu o`rinda «hokimiyat» tushunchasiga ta`rif berib o`tish o`rinlidir. Bizningcha, Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling