1917-yil siyosiy jarayonlarida Turkiston. Turkiston Muxtoriyati milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi


Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi


Download 70.81 Kb.
bet2/6
Sana01.03.2023
Hajmi70.81 Kb.
#1242146
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1917 yil siyosiy jarayonlarida Turkiston Turkiston Muxtoriyati

2.Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.
1917 yil 15-22 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan O’lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III s’ezdida 15 kishidan iborat hukumat- .Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 ta o’rin so’l eserlarga, 7 ta o’rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berilib, hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta ham vakil kiritilmadi. XKS raisi lavozimini F.Kolesov egalladi.
Turkistonda hokimiyat bolsheviklar qo’liga o’tishi bilan o’lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo’g’inlari tugatilib, o’rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o’rnatildi.
Turkiston XKS 1917 yil 28 noyabrda o’lkada qizil gvardiya bo’linmalarini tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo’linmalar Sovet tuzumi va bolsheviklarga qarshi ko’tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni bostirishda faol ishtirok etdi. Turkiston XKS 1917 yil oxirlarida o’z qarori bilan “Sho’roi Islomiya” va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo’shildilar, ayrimlari istiqlolchilik harakatiga g’oyaviy rahnamolik qildilar. “Sho’roi Ulamo” tashkilotining Toshkent sho’basi faqat 1918 yil 13 mayda yopib qo’yildi. Turkiston o’lkasi XKS o’zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan tubdan farqlanuvchi hukumat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissarlik o’lkadagi boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan bo’lib, boshqaruv tizimining farqli tomoni shunda ediki, Turkiston XKS tashkil topgan paytdayoq Rossiyadagi Markaziy hukumatni tan oldi. Chunonchi, Turkiston XKS raisi F.Kolesov Petrograddagi XKS nomiga yuborgan telegrammada quyidagicha ta’kidlagan edi: “Komissarlar Soveti o’z oldiga sizning hamma dekretlaringizni amalga oshirish vazifasini qo’ydi...Bizning to’la-to’kis qo’llab quvvatlashimizni hisobga olishingizni so’raymiz”.
Tadqiqotchilarning (Q.Rajabov, M. Haydarov) fikricha, Turkiston o’lkasi yangi hukumati o’sha kunning o’zida (1917y. 23 noyabr-E.B.) aholiga qilgan murojaatida ham o’zining asl maqsadlarini yashirib o’tirmadi. Murojaatda ham telegrammada bo’lgani kabi quyidagilarga alohida urg’u berilgan edi: “Xalq Komissarlari Soveti markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og’ishmay amalga oshiradi va o’z faoliyatida s’ezdning ...qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo’lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko’rish bilan kutib olinadi”. Tadqiqotchilar to’g’ri ta’kidlaganlaridek, Turkiston XKS o’z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkiston o’lkasida sovet hokimiyatini mustahkamlashga qattiq va astoydil kirishdi. Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif qilindi. O’lka komissarligi tarkibida bo’lgan va boshqaruvda asosiy rol o’ynaydigan harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta,telegraf va temir yo’llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralarga berib qo’yilishi oqibatida Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markazdan yuborilgan barcha mas’ul xodimlar, turli komissiya va tashkilotlar o’z siyosatlarini qo’g’irchoq organga aylangan o’lka XKS orqali yuritdilar.
Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari qo’lida bo’lib qolishi o’lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo’lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar hukumati chekka o’lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya” o’rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko’plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo’natildi. Jumladan, P.A. Kobozev O’rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918 yil 20aprel-1may kunlari Toshkentda Turkiston o’lkasi Sovetlarining V s’ezdi bo’lib o’tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo’yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’ezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo’ldi.
S’ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko’rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet Rossiyasi bilan o’zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o’lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi.
“Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o’z xatti-harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati bilan muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’ezdda “markaziy hukumat bilan o’zaro munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi.
S’ezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi -Markaziy Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar, yarmi so’l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’ezdlari oralig’idagi davrda o’lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo’ldi. Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so’l eser) kiritildi. Mahalliy millat vakillaridan to’rt kishi – S.Jo’raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va S.Azimboevlar Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo’jaev sog’liqni saqlash xalq komissari sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar.
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat ko’rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo’ldi. Milliy kommunistlar o’lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919 yil martda tuzilgan o’lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Chunonchi, Qayg’usiz Otaboev, Yusuf Aliev, Abdulla Rahimboev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To’raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko’plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar.

Download 70.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling