1917-yil siyosiy jarayonlarida Turkiston. Turkiston Muxtoriyati milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi


Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi


Download 70.81 Kb.
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi70.81 Kb.
#1242146
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1917 yil siyosiy jarayonlarida Turkiston Turkiston Muxtoriyati

3. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi.
1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo’qonda yuz bergan voqealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo’ldi. Qo’qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo’lib ishtirok etdilar.Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”. 28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “ Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis s’ezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to’la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo’lida bo’lishi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo’ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo’ldilar:
1.Muhammadjon Tinishboev –Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, temir yo’l muhandisi.
2.Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) –Bosh vazir o’rinbosari, Butunrossiya Musulmonlari Kengashi Markaziy qo’mitasining a’zosi, huquqshunos.
3.Mustafo Cho’qay-tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, Turkiston o’lka Musulmonlar Sho’rosining raisi, huquqshunos.
4.Ubaydulla Xo’jaev (Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev) –harbiy vazir, Butunrossiya Musulmonlar kengashi Markaziy qo’mitasining a’zosi, huquqshunos.

Download 70.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling