1985 йилда мактаб дастурига ―Информатика ва ҳисоблаш техникаси асослари‖ фани киритилди


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/42
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1637023
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
1-11-variant 111

T-SQL — Transact-SQL ( T-SQL ) Microsoft va Sybasening relyatsion ma'lumotlar bazalari bilan o'zaro aloqada 
bo'lish uchun ishlatiladigan SQL uchun xususiy kengaytmasi hisoblanadi.U o'zgaruvchini e'lon qilish, istisnolarni qayta 
ishlash, saqlangan protsedura va boshqalarni qo'shimcha imkoniyatlar bilan ta'minlaydi. Ikki xil atama bor. SQL Server 
va SSMS. Ikkisi ham ikki xil narsa. 
SQL Server bu ma'lumotlar bazasi, SQL Server Management Studio (SSMS) foydalanuvchi tomonidan SQL Server 
ma'lumotlar bazasiga SQL so'rovlarini yozish va bajarish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan vosita. 
SQL Server — ma'lumotlarni saqlaydigan va ularga so'rov qilish imkonini beruvchi ma'lumotlar bazasi mexanizmi. 
SQL Server Management Studio — bu SQL Server ma'lumotlar bazasi serverlari bilan ishlash uchun grafik 
interfeysni ta'minlovchi boshqaruv vositasi. Agar siz ma'lumotlarni saqlamoqchi bo'lsangiz, sizga faqat SQL Server 
kerak bo'ladi, agar siz ma'lumotlarni GUI vositasi bilan boshqarmoqchi bo'lsangiz, boshqaruv studiyasi ham kerak 
bo'ladi. 
SSMS siz ham ishlasa bo'ladi, masalan VSCode ni extensioni bor, Visual Studioni o'zini oynasi mavjud, ular bilan 
be'malol ishlasa bo'ladi. Lekin "Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin" deganlaridek SSMS dan foydalangan yaxshi. 
5.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.(dasturlash texnologiyasi, axborot, texnologiya) 
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur‘atlar bilan 
rivojlanmokda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil 
etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi. 
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni 
ta‘minlovchi dasturiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
— kompilyator va interpretatorlar
— dasturlar kutubxonasi; 
— turli yordamchi dasturlar. 


Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi 
dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ham ta‘minlaydi. 
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan iborat. 
Dasturlar yaratish vositalariga Mikroassembler, SI, SI++, Delphi, Visual Basic va boshqalar kiradi. 
CASE-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir. 
CASE — Computer Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani 
bo‘lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok 
etadigan ko‘pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo‘llaniladi. 
Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan yo‘nalishdir. Ulardan keng ko‘lamda 
foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir. 
Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyixalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik 
jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta‘minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug‘i - kompyuterlarning mahalliy 
tarmog‘ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning 
ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.
13-variant 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling