1997 йил 29 августда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг


Download 56.73 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi56.73 Kb.
#1197279
1   2   3   4
Bog'liq
P.N va tarixi 60-75 javoblari

pedagogika tarixidir. U har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy – ma’rifiy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini, pedagogika fanidagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqazo etadi. Pedagogika fanini o’zlashtirish – ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni, pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini nihoyatda puxta bilishni talab etadi. Pedagogika tarixi fanini o’rganish – kishilik jamiyati taraqqiyoti yo’lidagi ta’lim-tarbiya bosqichlarining iqtisodchi – o’qituvchida pedagogik va tarixiy asoslarni, tahlil qilish va ularga munosabat bildirish kabi malaka va ko’nikmalarni shakllantiradi. Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaning tarixiy tajribasini, jahon madaniyatini rivojlanishi (tsivilizatsiyasi, ya’ni tamadduni)ni hozirgi zamon bilan, har bir xalq madaniy va pedagogik fikrlari taraqqiyotini butun insoniyatning tsivilizatsiyasi (tamadduni) bilan uzviy bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. Pedagogik-tarixiy hodisalar, g’oyalar, nazariyalar, qarashlarni bayon etish mantiqi va harakteri pedagogika tarixi fanini talabalar tomonidan oson o’zlashtirishiga imkon yaratadi. Taniqli pedagog olim Malla Ochilovning ta’kidlashicha, O’zbekistonda pedagogika tarixini yaxlit, yagona madaniy, pedagogik tarixiy jarayon sifatida yoritish uchun shartli ravishda quyidagicha beshta davrga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq: Qadimgi zamonlardan arablar istilosigacha (VII asrgacha) bo’lgan davr. VIII asrdan XIX asr o’rtalarigacha – Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinguncha o’tgan davr. XIX asrning 60-yillaridan XX asr boshlarigacha o’tgan davr. 1917-20 yillardan (oktyabr inqilobidan) 1991 yilgacha o’tgan davr. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan va hozirgi kunda pedagogik-tarixiy rivojlanish davri.1 Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan ma’rifatparvaru, mutafakirlar, adiblar va tarixchilarning yosh avlodni ukitish, umuman olganda barkamol insonlar kilib tarbiyalashga doir ta’limotlari, g’oyalari, shuningdek, maktab va madrasalar xakidagi ma’lumotlari, xalk pedagogikasining namunalari jamlangan. Bular bulajak pedagoglar uchun nixoyatda zarur bulib, ularga respublikamiz ug’il-kizlarini davr talablari asosida tarbiyalash ishida katta kumak beradi. Binobarin, mazkur ta’limotlar va goyalarni utmishdagi ta’lim-tarbiya masalalarini chukur taxlil kilish, ulardan anik xulosalar chikarish talabalarning fikrlash doiralarini kengaytiradi.

85-Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari.


Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “Urxun-Enisey yodgorliklari”, “Irq yozuvlari” (“Ta’birnoma”) kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun-Enisey bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. O’ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. Tunyuquq bitigi 310 misradan iborat bo’lib, 717-718 (ba’zi manbalarda 712-716-yillar ko’rsatilgan) yillarda yozilganligi qayd etilgan. Tunyukuk o’z bitigini tirikligida yozdirgan. Mazkur bitikda Tunyukuk vatanparvar shaxs sifatida ta’riflangan. Tunyukuk ega bo’lgan insoniy fazilatlar – insonparvarlik, ezgulik va Haqiqat tantanasi yo’lida kurashish uning qo’shni xalqlar o’rtasidagi obro’sini yanada oshirib yuboradi. Xususan, Tunyukuk tomonidan turkiy xalqlar qo’liga tushgan asirlarni o’z yurtlariga jo’natib yuborishi dushman qabilalar a’zolarining bosh egib kelishi, ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurash chog’ida ezgulikning g’alabaga erishishi kabi holatlar shu asosida qon to’kishning oldini olish mumkinligidan dalolat ekanligiga ishora qilinadi. U adolatsizlik qilmaydi, balki insonparvarlik namunasini ko’rsatadi, ammo Hoqonlik davlati qonunlarini ham qattiq himoya qiladi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Urxun - Enisey yozma yodgorliklari garchi yo’nalish nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanmagan bo’lsa Ham, ularda bayon etilgan fikrlar o’sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bo’lishga yordam beradi. Xususan, Hoqon va alplarning Harbiy faoliyati, turkiy xalqlarning turmush tarzi, ularga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar - vatanparvarlik, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy fazilatlar jamiyatning har bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim mezonlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lish bilan birga bizga so’z yuritilayotgan davr xususiyati hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunidan ogoh etadi. Bitiktoshlarda bayon etilgan qarashlar eng yuksak insoniy fazilatlar sifatida e’tirof etilgan xislatlarni zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlodda hosil qilish, ularda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, xalq manfaati yo’lida kurashish tuyg’ularini shakllantirishda o’ziga xos yo’llanma, yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi.

86- VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fkirlar


Arab istilochilarining Movarounnahrdagi g’alabasidan so’ng barcha mustamlaka mamlakatlar qatori u erda ham Islom dinning asoslari xususida ma’lumot beruvchi muqaddas kitob – “Qur’on” yaratilgan til - arab tilini o’rganish joriy etildi. Diniy ulamolarning maxsus ko’rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta’qiqlandi. Shu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan sifatida arab tilining o’qitilishi yo’lga qo’yildi. Mavjud fanlarning asoslari arab tilida o’rganila boshlandi. Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha mamlakatlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi. Biroq o’g’il bolalargina mazkur maktablarda savod o’rganish huquqiga ega bo’ldilar. Maktablar, shuningdek, keyinchalik bunyod etilgan va maqomi jihatidan hozirgi oliy o’quv yurtlariga teng bo’lgan madrasalarda ta’lim va tarbiya ishlari Shariat qoidalariga muvofiq yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu o’quv maskanlarida Islom ta’limoti xususida ma’lumotlar beruvchi ilohiyot fanlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlarning asoslari ham o’qitilgan. Machitlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim va tarbiya berish ishi bilan shug’ullanganlar. X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo’la boshlaydi. “Madrasa” so’zi “dars o’qitiladigan joy”, “Ma’ruza tinglaydigan joy” ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari arab tili grammatikasi va qoidachilik, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati, kalom o’rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astronomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o’qitila boshlandi.

87- IX-XII asrlar Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi.


Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko’rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko’rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi “Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, er o’lchashda, kanallar o’tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun zarurdir”1.Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: “sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi. Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy ob’ektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida echishni ishlab chiqdi). U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi. Masalan, er ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo’lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi Forobiy “Baxt – saodatga erishuv to’g’risida” asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo’ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma’lum xunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deydi olim. Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo’lishi, o’rganishidir”.

88-Sharq uyg’onish davrida ta’limiy –axloqiy fikrlar rivoji.




XI asrda yashab ijod etgan buyuk mutafakkir
Download 56.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling