1997 йил 29 августда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг
- O’zb. Res. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni
Download 56.73 Kb.
|
P.N va tarixi 60-75 javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 68- uzluksiz ta’lim tizimi
67- O’zb. Res. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni
O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risidagi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. Bu Qonun 11 ta bob, 75 ta moddadan iborat.1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi6-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik11-bob. Yakunlovchi qoidalar 68- uzluksiz ta’lim tizimi Узлуксиз таълим малакали, рақобатбардош кадрлар тайёрлашнинг асоси бўлиб, таълимнинг барча турлари, давлат таълим стандартларини, кадрлар тайёрлаш тизими тузилмаси ва унинг фаолият кўрсатиш муҳитини ўз ичига олади. Узлуксиз таълим кадрлар тайёрлаш тизимининг асоси, Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий тараққиётини таъминловчи, шахс, жамият ва давлатнинг иқтисодий, ижтимоий, илмий-техникавий ва маданий эҳтиёжларини қондирувчи устувор соҳа бўлиб, ижодкор, ижтимоий фаол, маънавий бой шахснинг шаклланиши ва юқори малакали рақобатбардош кадрларнинг жадал тайёрланиши учун зарур шарт-шароитларни яратади2. Узлуксиз таълим жараёни шахснинг ҳар томонлама қарор топиши учун энг қулай давр саналади. Мазкур даврда шахс фан асослари ҳамда касб-ҳунар маълумотларини ўзлаштиради, юксак маънавий-ахлоқий сифатларга эга шахс ва малакали кадр сифатида камол топиб боради. Унда муайян дунёқараш шаклланади. Ўзбекистон Республикасида узлуксиз таълим Давлат таълим стандартлари ҳамда ўқув дастурлари талабларига мувофиқ ташкил этилади. Узлуксиз таълим қуйидаги таълим турларини ўз ичига олади: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim. Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); dual ta’lim; oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; inklyuziv ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. 69-Ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy prinsiplari Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. 70-Ta’lim muassasasini boshqarish funksiyalari Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir. Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir. Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo’lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G. Ford, G. Emerson,A.Fayol kabilar katta hissa qo’shganlar. Masalan, o’z davrida Anri Fayol boshqarish bu – holatni ko’rish, kelajakni o’rganish harakat dasturini tuzishdir ,deb ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o’rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga yo’naltirilgan o’zaro ta’sirni tushunamiz. XX asrning oxirgi o’n yilligida ijtimoiy va iqtisodiy hayotda insonni shaxsiy va kasbiy sifatlarini, umumiy va maxsus ilmiy bilimlarini roli oshdi. Bu holat ta’lim sohasida inson faoliyati turli yo’nalishlarda rivojlanishini talab etdi. Ta’lim paradigmasi o’zgarib, yangi ta’lim mazmuni, ta’lim va tarbiyani texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Axborot makonining kengayishi boshqaruvning yangi vositalarini, metodlarini, shakllarini rivojlanishini taqozo etdi. Ijtimoiy tizimlarni jumladan ta’lim tizimini boshqarishda inson omilining va ijtimoiy fanlarning roli oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda ta’lim tizimida bozor munosabatlarini qo’llanilishi maktabni boshqarish nazariyasining rivojlanishini asosiy omili hisoblanadi. Mutaxassislar «boshqaruv» va «menejment» tushunchalari orasida farq yo’q deb hisoblasalarda, menejment tushunchasidan foydalanishni afzal ko’radilar. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o’rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta’lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. . 71-.Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlarning to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy- ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to‘plash metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Iqtisodiy metodlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yig‘indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovasion jarayonlarni kuchaytirish, ya’ni xodimlarning innovasion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati batafsil o‘rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘z xodimlarining faoliyatlari natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo‘ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.Tashkiliy-ma’muriy metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko‘rsatish usullari va shakllari o‘zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir ko‘rsatishning turli xil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni o‘z vaqtida tegishli shaxslarga etkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi.Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat. Ijtimoiy-psixologik metodlar jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar xodimlarning bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur. . 72-Boshqaruv uslublari. Boshqaruv uslubi - bu ish uslublarining to‘plami bo‘lib, u o‘zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo‘llaydi. Menejment uslubi - bu rahbarni shaxsiy sifatlarining to‘plami, rahbarni qo‘l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o‘z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo‘llari, rahbarning xodimlarni amalda bilishidir. Boshqaruv uslubi boshqaruv usulidan kelib chiqadi. Boshqaruv usuli - bu boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi usul va yo‘llarning to‘plamidir. Boshqaruvning uchta uslubi keng tarqalgan:Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o‘z irodasini qo‘l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o‘tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo‘rqitish, rag‘batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi. Liberal (erkin ish yuritish) uslub rahbarning o‘z qarorlarini taveiyalar ko‘rinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, xodimlariga keng doirada mustaqillik, to‘la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi.Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o‘z faoliyatini o‘zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi. xodimlarning o‘zaro munosabatlarini rag‘batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag‘batlantirib boradi. 73-Pedagogik Kengash- ta’lim muassasasining boshqaruv organi. Pedagogik Kengash - ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: ta’lim muassasasining tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o‘tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi; ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi; ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi; ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqadi; pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi; ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega: ta’lim muassasasini rivojlantirish yo‘nalishlarini istiqbol rejasini belgilash; ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish; o‘quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish; o‘quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish; ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o‘z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish; pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish; o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo‘yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o‘tkazish shakli va vaqtini belgilash; ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko‘chirish va bituvchilarni yakuniy attestasiyaga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilish; ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash; ta’lim maqsadiga muvofiq holda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va jazolash bo‘yicha masalalarni hal etish; chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish; pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish; ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko‘rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag‘batlantirishga tavsiya qilish; yakuniy attestasiyadan muvaffaqiyatli o‘ tgan o‘ quvchilarga o‘rnatilgan tartibda hujjatlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Pedagogik Kengash yig‘ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o‘z akini topadi: ish rejasi, kengash bayonnomasi yoziladigan muhrlangan daftar, kengash materiallari, hisobot. Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi. 74- Korreksion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari Коррекцион педагогиканинг асосини аномал болаларни ҳар томонлама, физиологик ва психологик ўрганиш ташқил этиб, унинг вазифалари сирасига қуйидагилар киради: ривожланишида турли камчиликлар бўлган боланинг нуқсонларини тузатиш ва коррекцион-компенсаторли имкониятларини аниқлаш;дифференцацияли ўқитиш ва тарбиялашни амалга ошириш мақсадида аномал болаларнинг муаммоларини ҳал этиш; аномал болаларни аниқлаш ва ҳисобга олиш; ривожланиш аномалиясини эрта диагностика қилиш методларини илмий жиҳатдан ишлаб чиқиш; болаларда ривожланиш нуқсонларини тузатиш, йўқотиш ёки камайтириш бўйича чора-тадбирларни ишлаб чиқиш; аномал болаликнинг олдини олиш бўйича профилактик чора-тадбирлар тизимини ишлаб чиқиш; аномал болани ривожлантириш ва уни ижтимоийлаштириш жараёнининг самарадорлигини ошириш.Tamoyillari. Инсонпарварлик тамойили ҳар бир бола учун ўз қобилиятларини максимал даражада ривожлантира оладиган зарур шароитларни ўз вақтида яратиб беришдан иборат бўлиб, у болани изчил ва батафсил ўрганиш, унинг йўлида учрайдиган қийинчиликларни йўқотиш йўллари ва воситаларини излашни талаб этади. Болаларни комплекс ўрганиш тамойили болага ташҳис қўйишда зарур мўтахассисликлар (тиббий, дефектологик, психологик ва педагогик) бўйича олинган маълумотларга танишни назарда тўтади. Агар шифокор, дефектолог, психолог ва педагогларнинг фикрлари турлича бўлса, бола қайта текширувдан ўтказилади. Болани ҳар томонлама ва яхлит ўрганиш тамойили боланинг идрок этиш, эмоционал-иродавий сифатлари ва хулқини текширишни кўзда тўтади. Унга кўра боланинг ривожланишига жиддий таъсир кўрсатиши мумкин бўлган жисмоний ҳолати ҳам ҳисобга олинади. Болани ҳар томонлама ва яхлит ўрганиш унинг ўқув, меҳнат ва ўйин каби фаолияти жараёнидаги ҳаракатларини кузатишга асосланади. Сифатий-миқдорий ёндашув тамойили бола бажарган топшириқни баҳолашда якуний натижанигина эмас, балки усули, масалани ечиш учун танланган йўлнинг рационаллиги, ҳаракатларнинг мантиқий кетма-кетлиги, мақсадга эришишдаги қаътийлик ва тиришқоқликни ҳам ҳисобга олиш зарурлигини асослайди. Маълум турдаги патологияли болаларни бошқа болалар гуруҳларидан ажратиш тамойили ҳар бир махсус таълим муассасаси ўзи қоидаларига эгалигини тавсифлайди. Ривожланишида мавжуд бўлган четланишлар даражасига кўра дифференцациялаштирилган таълимни ташқил этиш тамойили ривожланишида бир хил, лекин даражасига кўра турли четланишга эга болаларни ажратган ҳолда ўқишларини назарда тўтади, бинобарин, уларни ўқитиш методикасида сёзиларли фарқлар мавжуд (масалан, кўзи ожиз болалар тактил асосда (Брайн тизими бўйича), ёмон кўрувчилар эса кўриш асосида ўқитилади). Ёши тамойили ҳар бир гуруҳ ёки синфга маълум ёшдаги болаларнинг қабул қилинишини ифодалайди. Турли ёшдаги ривожланишида нуқсонлар бўлган болаларни текшириш ва уларга коррекцион ёрдам кўрсатиш малакали мўтахассислар томонидан амалга оширилади. Психологик-педагогик текширишлар қуйидаги методлари ёрдамида ташқил этилади: Суҳбат методи. Суҳбат бола билан алоқа ўрнатиш воситаси бўлиб, аномал боланинг шахси, эмоционал-иродавий сифатлари, хулқи, шунингдек, ривожланишидаги четланишларнинг сабаблари ҳақидаги маълумотни тўплашга имкон беради. Агарда боланинг нутқида, эшитиш қобилиятида нуқсонлари бўлса, ёки муносабатга қийин киришса суҳбатни ташқил қилиш тавсия этилмайди. Бундай ҳолларда болани қизиқтирадиган кўргазмали материалдан фойдаланиш мумкин. Кузатиш методи. Кузатиш боланинг консультацияга келишидан аввал бошланади ва яхлит текширишларни ўтказиш жараёнида давом эттирилади. Кузатиш ҳар доим аниқ мақсад асосида ўтказилади. Болани ўйин фаолиятини ташқил этиш жараёнида кузатиш алоҳида аҳамиятга эга, улар бола билан алоқа ўрнатишга имкон беради. Айрим ҳолларда ўйинчоқлар ёрдамида махсус текширишлар ўтказилади. Расмларини ўрганиш методи. Расмлар болани ўрганишда муҳим дифференциал-диагностик восита ҳисобланади. Болада педагог томонидан тавсия этилган расмлар хавотир уйғотса, болага эркин расм чизишни таклиф этиш мақсадга мувофиқдир. Унинг мавзу танлай олиши, тасвирлаш хусусиятлари, расм чизиш жараёни якуний ташҳис учун қимматли маълумот ҳисобланади. Ақли заиф болалар одатда мавзуни танлашга қийналадилар, улар сюжетлар яратмай, алоҳида одатий предметларни тасвирлашга ҳаракат қиладилар. Тажриба-психологик тадқиқотлар методлари. Улар махсус ўрганилиши керак бўлган психик жараённи қўзғатувчи маълум вазиятларни яратишни кўзда тўтади. Тажриба методикалари ёрдамида у ёки бу ҳолатларнинг сабаблари ва механизмларини очиб кўрсатиш мумкин бўлади. Тестлар методи. Бу метод болаларнинг психодиагностик мақсадларда текширишда қўлланилади. Д.Векслер томонидан асосланган мослаштирилган тест оммавийлашгандир. Ундан фойдаланиш индивидуал-психологик текширишларни ўтказишда бола ҳақида зарур қўшимча маълумотларни олишга имкон беради. 75-Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi «Аномалия» тушунчаси юнончадан таржима қилинганда меъёрдан, умумий қонуниятлардан четланиш, нотўғри ривожланишни англатади. Ривожланишида муаммолари бўлган болаларда жисмоний ёки психик камчиликлар (нуқсонлар) бўлади, улар болаларнинг умумий ривожланишида четланишларнинг содир бўлишига сабаб бўлади. Нуқсоннинг хусусияти, пайдо бўлишига қараб айрим камчиликларни тўла йўқотиш, айримларини эса тузатиш, учинчи хилларининг ўрнини тўлдириш мумкин. Аномал боланинг ривожланишида уни ўқитиш ва тарбиялаш асосий муаммо ҳисобланади. Айни вақтда ривожланишидаги четланишларнинг классификацияси бўйича ягона қараш мавжуд эмас. М.А.Власова ва М.С.Певзнерлар аномал болаларнинг қуйидаги гуруҳлари кўрсатадилар: Сенсор хислати етишмайдиган (норасо) болалар (эшитиш, кўриш, нутқи қобилиятлари, таянч-ҳаракат аппарат ва сенсомоторикасининг функцияси бузилган). 2. Психик ривожланиши ортда қолган болалар. 3. Астеник ёки реактив ҳолати ҳамда низоли ташвишланишга эга бўлган болалар. 4. Психопатик хулқли болалар (хулқнинг эмоционал бузилиши). 5. Ақли заиф болалар (дебиллик, имбециллик, идиотия даражасидаги олигофренлар). 6. Психик касалликнинг бошланғич кўриниши (шизофрения, эпилепсия, истерия ва бошқалар) намоён бўладиган болалар. О.Н.Усанова аномал болаларни қуйидаги гуруҳларга ажратишни таклиф этади1: 1. Органиқ бузилишлар сабабли ривожланишида четланиш бўлган болалар.2. Функционал етўк эмаслиги сабабли ривожланишида камчилик бўлган болалар. Психик депривациялар асосида ривожланишида камчиликлар бўлган болалар. 76-O’zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati. Аномал болаларни ўқитиш ва ривожлантириш уларни ижтимоий ҳаёт ва меҳнатга тайёрлаш, уларда билим, кўникма ва малакаларни шакллантиришга йўналтирилган мақсадли жараёндир. Аномал болалар учун таълим тизими ва методларини танлашда боланинг ёши ва нуқсоннинг келиб чиқиши вақти ҳисобга олинади. Эшитиш ёки кўриш қобилиятини йўқотиш вақти алоҳида аҳамиятга эга. Аномал боланинг ривожланиши нормал боладан кўра кўпроқ даражада ўқитишга боғлиқ. Шунинг учун аномал болалар ўқитилмаса ёки ўқитиш кеч бошланса унинг ривожланишига жиддий зарар етказилади, психик функцияларнинг шаклланиши ортда қолади, нормал тенгдошларидан ортда қолиши даражаси ошади, нуқсонлар ўта жиддий бўлса ақлий ривожланиши имкониятлари юзага чиқмай қолиши мумкин. Махсус дидактиканинг марказий муаммоси меҳнат таълими ва тарбиясини ташқил этиш масаласи ҳисобланади. Махсус мактабларда уни ташқил этиш алоҳида аҳамиятга эга. Бинобарин, ушбу жараёнда ўқувчилар ижтимоий ҳаёт, шунингдек, имконият даражасида касбий фаолиятга тайёрлаш бузилган функцияларини тиклаш, шунингдек, ақлий ва жисмоний ривожланиш нуқсонларининг даражасини пасайтиришга ёрдам беради. Аномал болаларни тарбиялаш - коррекцион педагогиканинг асосий тушунчаси бўлиб, унинг мақсад ва вазифаси нуқсоннинг даражаси ва тузилишига мос келадиган метод ҳамда воситалар ёрдамида аномал болаларни фаол ижтимоий ҳаёт ва меҳнатга тайёрлаш, уларда фуқаролик сифатларини шакллантиришдан иборат. Аномал болаларни тарбиялаш оила ва таълим муассасаси ўртасидаги яқин алоқа, бир-бирларини қўллаб-қувватлаш, бир-бирига ёрдам кўрсатиш, талабчанлик ҳамда оқилона меҳрибонлик асосида амалга оширилади. Тарбиявий ишлар аномал болаларнинг индивидуал ва ёш хусусиятларини инобатга олиш асосида уларда мустақиллик, ўзига хизмат кўрсатиш, меҳнат кўникмалари, хулқ маданияти, шунингдек, ижтимоий муҳитда яшаш ва ишлаш кўникмаларини шакллантиришга йўналтирилади. Аномал болани тарбиялаш атрофдагиларнинг унинг психик ёки жисмоний камчиликларига эҳтиёткорлик билан муносабатда бўлишни талаб этади. Бундай болаларда оптимизм ва ишончни тарбиялаш, қобилиятини шакллантириш ёки унинг ўрнини босувчи имкониятни ривожлантириш, ижобий сифатларини тарбиялаш ҳамда ҳаракатлари ва хулқини танқидий баҳолаш қобилиятини ривожлантириш жуда муҳим. Коррекция (юнонча тузатиш) боланинг психик ва жисмоний ривожланишидаги нуқсонларни тузатиш, йўқотиш ва пасайтиришни назарда тўтади. Ижтимоий адаптация (юнонча «adapto» - мослашиш) – аномал болаларнинг индивидуал ва гуруҳли хулқларини жамоатчилик қоидалари ва қадриятлари тизимига мос келишини таъминлаш. Аномал болалар учун ижтимоий муносабатларни ташқил этиш қийин, содир бўлаётган ўзгаришларга мос равишда жавоб қайтариш қобилияти паст, шу боис мураккаб талабларни бажаришга уларнинг лаёқати етмайди. Ижтимоий адаптация болаларга ижтимоий фойдали меҳнатда фаол иштирок этиш учун имконият яратади. 84-Pedagogika tarixi fani haqida. Pedagogika fanining tarmoqlaridan biri Download 56.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling