1998 yil 15-sentyabrdagi 30-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida kelishuv
Download 40.01 Kb.
|
Amonova Xurshida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amonova Xurshida Abdukodirovna
- 1998 yil 15-sentyabrdagi 30-sonli
- Tomonlarning manzillari va imzolari
- Xakimov Ma`mur Musurmonovich Manzil: Manzil
- JSHSHIR
- {document_code} Hulosa kodi {law_document_code}
1998 yil 15-sentyabrdagi 30-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida kelishuv
Ohangaron tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi tasarrufidagi 33-umumta`lim maktabida nizom asosida faoliyat yurituvchi rahbar Xakimov Ma`mur Musurmanovich, keyingi o‘rinlarda Ish beruvchi deb yuritiladi, bir tomondan hamda fuqaro Amonova Xurshida Abdukodirovna , keyingi o‘rinlarda Xodim deb yuritiladi, ikkinchi tomondan mazkur kelishuvni quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar: 1. Mazkur kelishuvni tuzishdan maqsad taraflar o‘rtasida 1998 yil 15-sentyabrdagi 30-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritishdan iborat. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 28 oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuni 2023 yil 30 aprelda qonuniy kuchga kirishini inobatga olib: 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217, 219, 221-moddalariga asosan, har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 (yigirma bir) kalendar kunni, shuningdek har yilgi qo‘shimcha ta’tilning davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqarilishini inobatga olib, Xodim bilan tuzilgan 1998 yil 15-sentyabrdagi 30-sonli mehnat shartnomasining 11-bandidagi “asosiy ta’til 15-ish kuni” va “qo‘shimcha ta’til 9- kuni” so‘zlari, “asosiy ta’til-21 kalendar kuni” va “qo‘shimcha ta’til-33 kalendar kuni so‘zlariga o‘zgartiriladi. 2.2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasiga asosan, Xodim bilan tuzilgan 1998 yil 15-sentyabrdagi 30-sonli mehnat shartnomasining 11-bandiga “a” kichik bandi quyidagi tahrirda kiritiladi: bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har 5 (besh) yil uchun davomiyligi 2 (ikki) kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi. 3. Mehnat shartnomasining qolgan shartlari o‘zgartirishsiz qoldiriladi. 4. Mazkur qo`shimcha kelishuv 2 nusxada tuzilgan bo‘lib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega. 5. Ushbu qo‘shimcha kelishuv shartnomasida nazarda tutilmagan masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. 6. Mazkur qo‘shimcha kelishuv taraflar o`rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Tomonlarning manzillari va imzolari:
Download 40.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling