5.Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi ?
J. Buxgalteriya hisobida amortizatsiya -sotib olingan aktivlar qiymatini xarajatlarda teng ravishda aks ettirishga imkon beradigan ajralmas vosita.
Buxgalteriya hisobida amortizatsiya asosiy vositalar (asosiy vositalar) yoki nomoddiy aktivlar (nomoddiy aktivlar) qiymatini ma'lum muddat davomida bosqichma-bosqich to'lashdan iborat
8-Bilet
1.Davlat budjetining birlamchi profitsiti nima?
J. Davlat budjeti profitsiti — muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
Davlat budjetining birlamchi profitsiti — muayyan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti profitsiti;
2.Budjet tasnifi bu ?
J. Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
3. 15.04.2022 yi PQ -208 qaror haqida tushuncha bering?
J. BUDJETLARARO MUNOSABATLARNI VA SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti barqarorligini ta’minlash, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda avtomobilsozlik sanoatida raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
2022-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan mablag‘larning 40 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida qoldiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |